Yaponiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Bir qator mahsulotlar endi Rossiyaga yetkazib berilmaydi.

Yaponiya Savdo vazirligi Rossiyaga yetkazib berilishi taqiqlanadigan yangi toifadagi sanoat mahsulotlari ro‘yxatini eʼlon qildi.
Sanksiyalar litiy-ionli akkumulyatorlar, gaz quvurlari, avtomobillar uchun motor moylari, termostatlar, nitrotsellyuloza mahsulotlari va yog‘ochga ishlov beruvchi mashinalarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasini 17 apreldan boshlab Rossiyaga yetkazib berish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, Yaponiya 10 maydan boshlab Rossiyadan olmos importini taqiqlaydi, sanoatda foydalaniladigan olmoslar bundan mustasno.







