“AQSH boshqa davlatlarga bostirib kirishni bas qilishi kerak”
Pentagon sobiq maslahatchisi Amerika siyosati haqida gapirdi.

Qo‘shma Shtatlar o‘zining siyosiy taʼsirini uzoq hududlarga kengaytirish uchun urushqoq siyosat olib borishni bas qilishi kerak, dedi Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor X tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida.
"Biz boshqa mamlakatlarga bostirib kirishni va xalqlarni biz kabi bo‘lishga majburlashga urinishni bas qilishimiz kerak", deb yozgan u.
Avvalroq Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqtdan beri dunyoning turli burchaklarida boshlangan urushlar va boshqa davlatlar suverenitetining buzilishi bo‘yicha yetakchiga aylanganini aytgandi.







