Iqtisodiyot

Qashqadaryolik fermerlarning 28 mlrd so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari undirib berildi

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan 2 mingdan ortiq tadbirkorning muammosi hal bo‘ldi.

Qashqadaryolik fermerlarning 28 mlrd so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari undirib berildi

Biznes-ombudsmanga “Farovon” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, 2023 yilda paxta hosilini sug‘orish ishlarida foydalanilgan elektr-energiyasi uchun subsidiya mablag‘larini ajratishda amaliy yordam so‘ragan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 320-son qarori bilan bu borada ajratiladigan subsidiyalarni ajratish tartibi tasdiqlangan.

 

Aniqlanishicha, tashkiliy-huquqiy ishlar yakuniga yetmagani sababli, 2023 yilda viloyatdagi tadbirkorlar ushbu subsidiyadan foydalana olmagan.

 

Prezidentning 2024 yil 5 yanvardagi qaroriga asosan qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq 2023 yilda paxta xom ashyosi va g‘alla yetishtirishda nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini qoplab berish uchun subsidiyalar vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan ekin maydonlarini sug‘orishga sarflangan suv miqdori uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymati bo‘yicha hisob-kitoblariga asosan, istisno tariqasida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024 yilda ajratib beriladi.

 

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024 yil 8 fevralda mutasaddi davlat organlari va tashkilotlarga tegishli maʼlumotlarni bir hafta muddatda taqdim qilish to‘g‘risida tegishli xat yuborilgan.

 

Shunga qaramasdan, maʼlumotlar vazirlikka taqdim qilinmagan.

 

Biznes-ombudsman qonuniy talablari asosida 2024 yil 6 aprelda zarur maʼlumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilinishi taʼminlandi.

 

Ushbu maʼlumotlar asosida kelgusida viloyatdagi 2000 dan ortiq tadbirkorlarga 28 mlrd so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari to‘lab beriladi.

 

Bundan tashqari, topshiriq ijrosiga masʼuliyatsiz yondashganligi sababli, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mansabdor shaxsi O.B.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 197-3-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilishi taʼminlandi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"