O'zbekiston

Prezident Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Muloqotda bir qator masalalar, jumladan, Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurilishi muhokama qilindi.

Prezident Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

“CAMCE” korporatsiyasi raisi Van bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Mamlakatda faoliyat yuritishda katta tajriba to‘plagan kompaniya yirik loyihalarni moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning butun zanjirini qamrab oladigan yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan.

 

“Goldwind” Sao Chjigan bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki istiqbollari ko‘rib chiqildi. Kompaniya shamol energetikasi texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan bo‘lib, jahondagi yetakchi shamol turbinalari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shamol elektr stansiyalari qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va joriy loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

 

“China Southern Power Grid” bilan Buxoro viloyatida shamol elektr stansiyalari, butun mamlakat bo‘ylab gidroakkumulyatsiya stansiyalari va yuqori kuchlanishli liniyalar qurish loyihalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish bo‘yicha “Holley Group” kompaniyasi muvaffaqiyatli ishlayotgani qayd etildi. Toshkent viloyatida texnopark qurish va unga Xitoyning yirik kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.