Jahon

Braziliyada suv toshqini sabab 98 ta qishloq elektrsiz qoldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 111 kishi bedarak yo‘qolgan.

Braziliyada suv toshqini sabab 98 ta qishloq elektrsiz qoldi

 

Braziliyada kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini qurbonlari soni 84 kishiga yetdi. Fuqaro mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yana 111 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

 

O‘tgan hafta mamlakat janubidagi Rio-Grande-du-Sul shtatida katta hajmdagi yomg‘ir yog‘di. Qidiruv-qutqaruv ishlari 14,5 ming nafar xodim, jumladan, Braziliya qurolli kuchlari ishtirokida olib borilmoqda. 30 ta samolyot va 182 ta qayiq qatnashdi. Hozirgacha ofat hududidan 25 kishi qutqarib olindi. Toshqinning salbiy oqibatlaridan 840 ming kishi zarar ko‘rdi, 121 ming 957 kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat zonasida milliondan ortiq fuqaro asosiy ehtiyojlarga ega bo‘lishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 98 ta qishloqda na elektr, na internet aloqasi mavjud. 3 may kuni shtat gubernatori Eduardo Leyte 180 kunlik favqulodda holat e’lon qildi.

custom img

Pokiston Eron urushi fonida Saudiya Arabistoniga minglab askar va qiruvchi samolyotlar yubordi

Yuborilgan texnikalar pokistonlik harbiylar tomonidan boshqariladi, xarajatlarni esa Saudiya Arabistoni qoplaydi.

custom img

Turkiyada restorandagi otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Gumondorni qo‘lga olish uchun vertolyotlar yordamida qidiruv ishlari boshlangan. U 17 yoshda ekani aytilmoqda.

custom img

Rossiyaga vizasiz kirayotgan migrantlar uchun 1 iyuldan “RuID” majburiy bo‘ladi

Yangi tartib O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya fuqarolariga ham tatbiq etiladi.

custom img

Eronning vaziyati keskin mintaqadagi strategik legitimligi, strukturaviy chidamliligi va tinchlikka asoslangan diplomatiyasi

Eron milliy jipslik va birlik, harbiy kuchlarining qudrati va mustahkamligi, oliy rahbarning donishmandona choralari, huquqiy legitimlik, iqtisodiy chidamlilik va oxir-oqibat tinchlikka asoslangan faol diplomatiya kabi oltita komponentga tayangan holda, ko‘p qutblilikka intilayotgan tartibda o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

custom img

AQSHda ikkita qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi

To'rt nafar ekipaj a'zosi parashyutlardan foydalanib samolyotni tark etgan.

custom img

JSST Kongo va Ugandadagi Ebola sabab xalqaro favqulodda holat e’lon qildi

Ebolaning Bundibugyo virusi shtammi sabab kasallanish holatlari oshmoqda.

custom img

Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, qattiq zarbaga uchraydi— Tramp

Donald Tramp Tehronni AQSh bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha tezroq harakat qilishga chaqirdi.

custom img

Fransiyada Saudiya valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshlandi

Muhammad bin Salmon Al Saud jurnalist Jamol Qoshiqchining qiynoqqa solinishi va majburan yo'qolib qolishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"