Jahon

Mast holda rulga o‘tirishning oqibati: o‘zbekistonlik erkak 15 sutkaga qamalishi mumkin

Shuningdek, Qozog‘istonda qo'lga olingan erkak 7 yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Mast holda rulga o‘tirishning oqibati: o‘zbekistonlik erkak 15 sutkaga qamalishi mumkin

 

Qozog‘istonning Atirau shahrida mast holda transport vositasini boshqargan haydovchilar, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi aniqlandi. Bu haqda Atirau viloyati politsiya departamenti ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari “Xavfsiz shahar” tezkor-profilaktik tadbiri davomida mast holda avtomobil boshqarish bilan bog‘liq birinchi holatni aniqlagan.

 

Ikkinchi qoidabuzarlik esa “Migrant” dasturi doirasida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida qayd etilgan. Tekshiruvda O‘zbekiston fuqarosi avtomobilni mast holda boshqarayotgani aniqlangan.

 

Har ikki haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan.

 

Qozog‘iston Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 608-moddasiga muvofiq, mast holda transport vositasini boshqarish 15 sutkaga ma’muriy qamoq va 7 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish bilan jazolanishi mumkin.

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi hozircha aniqlanmagan.

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.