Iqtisodiyot

Majburiy avtosug‘urta tariflari oshishi mumkin

To‘lanishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdor avtotransportga yetkazilgan zararlarni qoplashga yetarli bo‘lmayotgani aytilmoqda.

Majburiy avtosug‘urta tariflari oshishi mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2019 yilda tasdiqlangan sug‘urta tarifi miqdorini qayta ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar qildi. 

 

Qayd etilishicha, sug‘urta tarifi miqdorini qayta ko‘rib chiqishga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. So‘ngi yillarda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta tovonlarini o‘z vaqtida to‘lanmayotgani hamda to‘lanishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdor avtotransportga yetkazilgan zararlarni qoplashga yetarli bo‘lmayotganligi bo‘yicha transport vositalari egalarining murojaatlari soni ortib bormoqda.

 

Tahlillarga asosan 2019 yilda tasdiqlangan 56 ming so‘mlik sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta tashkilotlari uchun zararlarni qoplashga yetarli bo‘lmagani sababli turli xil yo‘llar bilan to‘lovlar kechiktirib kelinmoqda. Maʼlumot uchun, 2023 yilda Toshkent shahrida zararlilik darajasi 146 foizni tashkil etgan.

 

"Shuningdek, 2019 yildan boshlab barqaror belgilangan 40 mln so‘m sug‘urta summasi yo‘l-transport hodisalarida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar bo‘yicha xarajatlarini yetarli darajada qoplashga imkon bermay qolgan.

 

Mazkur muammoni yechimi sifatida asosli hisob-kitoblar natijasida, yaʼni transport vositalari egalari va sug‘urta tashkilotlari uchun maqbul sug‘urta tariflari va sug‘urta summasini belgilash rejalashtirilmoqda. Yangi sug‘urta tariflari va sug‘urta summasini belgilash yuzasidan taklif va mulohazalaringizni Nappconnectbot Telegram-botiga yuborishingizni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"