Sport

Chempionatni mag'lubiyatsiz o'tkazgan jamoa

Klub mavsumning barcha uchrashuvida g'alaba qozongan.

Chempionatni mag'lubiyatsiz o'tkazgan jamoa

 

"Bayer" Bundesligada bu yilgi mavsumda birorta ham mag'lubiyatga uchamagan holda ajoyib sensatsiya o'rnatdi. Jamoa 28 o'yinda g'alabaga erishdi va atigi olti marta durang qayd etdi. Masalan, “Arsenal” 2003/2004-yilgi mavsumda 26 g'alaba va 12 durangga erishgan. "Yuventus" ham 2011/2012-yilgi mavsumda 23 g'alaba va 15 ta durang natija bilan chempionatni yakunlagan.

 

"Bayer" tarixda birinchi bo'lib Germaniya chempionatini mag'lubiyatsiz o'tkazdi, degan xabarlar tarqalmoqda. Haqiqqatdan ham shundaymi? Bu chempionat Bundesliga deb nomlangandan beri ilk ko'rsatkich desak to'g'ri bo'ladi. Sababi, Germaniya oliy divizioni 1963-yildan beri shunday nomlanadi. Biroq, undan oldin ham Germaniya chempionati bor edi. O'shanda “Drezdner” jamoasi chempionatdagi 23 o‘yinda 23 g‘alabani qo'lga kiritadi, ya'ni mavsum davomida umuman mag'lub bo'lishmaydi.

 

Aslida, 1933-yildan boshlab nemis futboli natsistlar partiyasi qo'liga o'tadi. Shu paytgacha Myunxenning "Bavariya" klubi yahudiylarga boshpana bilan yordam beradi. Klub prezidenti ham aynan yahudiy Kurt Landauer edi. 1933-yil mart oyida u o'z lavozimini va oxir-oqibat mamlakatni tark etishga majbur bo'ladi. Shundan so'ng, 300 dan ortiq yahudiy futbolchi sportdan ketadi, ba'zilari konslagerlarga tushib qolishadi, boshqalari sirli tarzda g'oyib bo'lishadi. Adolf Gitler esa futbolni yoqtirmasdi, lekin u sportning kuchi odamlarga tez ta'sir qilishini anglab yetadi. 1938-yilda Germaniya va Angliya o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi, o'shanda ikkala jamoa ham qo'llarini ko'tarib salomlashgan. Dastlab mehmonlar salomlashishdan bosh tortishadi, biroq Angliyaning Germaniyadagi elchisi Nevill Xenderson va Angliya futbol federatsiyasi kotibi Stenli Rouz o‘yinchilarni bu mamlakat rejimini qo‘llab-quvvatlash emasligiga ishontirishadi. O'sha o'yindan so'ng ingliz nashri "The Times" bu imo-ishora faqat maydondagi raqiblarga hurmat ko'rsatganini ta'kidlaydi. Germaniyaning "Bachter" esa nashri ingliz futbolchilarining qo'llarini cho'zgan suratini birinchi sahifaga joylashtiradi.

 

Bu o'sha paytda Germaniyada futbol qanchalik muhimligini ko'rsatuvchi bir misol. 1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlanadi va birinchi raqamli o'yinning roli yanada oshadi. Misol uchun, Gitlerning tug'ilgan kunida Germaniya terma jamoasining shveytsariyaliklardan mag'lubiyati kechirilmas deb qabul qilinadi. Bu voqea Germaniya terma jamoasining g'alaba qozonishi dargumon o'yinlardagi ishtirokini shubha ostiga qo'yadi. Ruminiya bilan o'yin oldidan esa nemis futbolchilariga mag'lubiyatga uchragan taqdirda Sharqiy frontga borishlari aytiladi. Biroq, Germaniya terma jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozonadi.

 

Ikkinchi jahon urushi yillarida futbolning jamiyat hayotidagi muhim o'rni tufayli milliy chempionat davom ettiriladi. 1941-yil oxiriga kelib fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilari Yevropaning katta qismini bosib olishadi. Va 1942-yilda esa ular to'liq g'alaba qozonishlariga ishonishadi. Bunday vaziyatda Germaniyaning “Drezdner” jamoasi milliy chempionatni mag‘lubiyatsiz va durangsiz o‘tkazdi.  23 o‘yin – 23 g‘alaba.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.