Sport

Mourinyo turk klubida ish boshlaydi

Uning tanishtiruv marosimini minglab tomoshabinlar kuzatib bordi.

Mourinyo turk klubida ish boshlaydi

 

Angliyadagi "Uembli" stadionida o'tgan Chempionlar Ligasi final bahsida Joze Mourinyo kelajagi borasida bir qator savollarga javob berdi. Ertasi kuni esa uning yangi klubga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida rasmiy xabar e'lon qilindi. Shu maqsadda portugaliyalik mutaxassis Istanbulga uchib ketdi. Muxlislarni uzoq kuttirgan hodisa esa aeroportning o'zida boshlanib ketdi. Murabbiyni "Fenerbahche" prezidenti Ali Koch kutib oldi.

 

Kechqurun "Fenerbaxche" stadionida keng ko'lamli taqdimot boshlandi. Arenaga 25 mingga yaqin tomoshabin to'plandi. Klubning YouTube-kanalida taqdimotni 250 ming kishi jonli efirda tomosha qilgan.

 

Dastlab klub prezidenti Ali Koch so‘z oldi. Tribunalardan hushtak va qarsaklar eshitildi. Mourinyo indamadi, biroq u qo‘lini ko‘tarishi bilan muxlislar ma’qullagan holda shovqin-suron ko‘tara boshlashdi. Murabbiyni shu qadar baland ovozda kutib olishdiki, bu esa unga gaplarini yakunlashiga to‘sqinlik qildi.

 

"Odatda murabbiylarni g'alabalardan keyin olqishlashadi, lekin bu holatni men avvalroq his qildim", - dedi Mourinyo. Sizga va'da beraman, bundan buyon men sizning oilangiz bir a'zosiman. Prezident bilan uchrashganimdan beri men siz uchun nimalar qila olishim mumkinligi haqida o'yladim, chunki siz futbol jamoasining ruhisiz. Sizning orzularingiz mening orzularimdir”.

 

Bir payt turkiyalik muxlis Mourinyo tomon yugurdi va uni xavfsizlik xodimlari ushlab qolishdi. Murabbiy hammasi yaxshi ekanini va suratga tushishga qarshi emasligini aytdi. Klub prezidenti esa muhlisga "Fenerbaxche" futbolkasini taqdim etdi. Tadbir taxminan bir soat davom etdi.

 

Mourinyoning oldida qiyin vazifa turibdi. "Fenerbahche" 10 yildan beri Turkiya chempioni bo'lolmayapti. Ayni paytda klub 19 unvonga ega. Undan oldindagi "Galatasaroy" 24 ta bor turli sovrinlarni qo'lga kiritgan. O'tgan mavsumda "Fenerbaxche" 99 ochko to'plagan (38 turda atigi bitta mag'lubiyat), lekin baribir "Galatasaroy"dan ortda qoldi. Bu esa allaqachon an'anaga aylangan. Umuman olganda Mourinyoning kelishi jamoada katta o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkinligiga ishonilyapti. Biz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

 

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.