Sport

Konte "Napoli" bosh murabbiyi

Jamoada jiddiy o'zgazirishlar bo'lishi kutilmoqda.

Konte "Napoli" bosh murabbiyi

 

A Seriyaning navbatdagi mavsumi haqiqiy intrigaga aylandi. “Inter” va “Atalanta”dan tashqari deyarli barcha top-jamoalarda murabbiy almashyapti. "Milan" munosib xorijlik murabbiy izlamoqda, "Yuventus" Tiago Mottaga pul tikmoqda va Konferensiya ligasining ikki karra finalchisi Vinchentso Italiano Mottaning o'rniga "Boloniya"ga o'tishi ma'lum bo'lib bormoqda. "Roma" mavsumni Daniele De Rossi bilan boshlashga harakat qiladi, "Latsio" esa bir necha oy oldin tayinlangan Igor Tyudor bilan xayrlashishi mumkin.

 

“Napoli” ham tendensiyalarni davom ettirmoqda. Yaqinda Antonio Konte jamoaning yangi murabbiyiga aylandi. Konte hujumkor futbol o'ynashni yaxshi ko'radi. Uning o'zgacha yondashuvi bor. Aurelio De Laurentis saxiy rahbarlardan emas. Ammo u Konte bilan shartnoma imzolagani uchun katta miqdorda pul sarflashga tayyorligini bildirdi. Ehtimol, Antonio o'z istaklarini biroz oshirgandir. Lekin har qanday holatda ham "Napoli"dan bozordagi faollikni kutishimiz tabiiy.

 

Viktor Osimhen va Xvicha Kvaratsxeliya - "Napoli"ning eng qimmat futbolchilari. Osimhenning shartnomasida bir qator qo'shimchalar bor. Xvichaning o'yinida biroz pasayish kuzatilgan bo'lishiga qaramay, o'z pozitsiyasida eng qimmat futbolchilardan biri. De Laurentis Kontega kerak bo'lgan futbolchilarni sotib olish uchun Osimhen yoki Xvichani sotib yuborishi mumkin. Kontega kim ko'proq mos keladi: Osimhen yoki Xvicha? Taxnimizcha, bu Osimhen. Viktor universal quroldir. U pozitsion futbolda ham, qarshi hujumda ham yaxshi. U jarima maydonchasi ichida ham, tashqarisida ham vaziyatni vaziyat yarata oladi. Bundan tashqari, Osimhen juda intizomli. Bu esa Konte uchun juda muhim. Agar Konte uchta markaziy himoyachi bilan o'ynasa, gruziyalik uchun maydonda optimal pozisiya bo'lmasligi mumkin. U hujumkor juftlikda o'ynash tajribasiga ega. Ammo bu rolda uning eng yaxshi imkoniyatlari 100% ochilmaydi.

 

Bir narsa aniq: Xvicha Osimhen kabi vaziyatda emas. Nigeriyalik futbolchi yo boshqa jamoaga o'tadi yoki Italiyada o'ynaydi. Jamoada qolsa uning imkoniyatlari oshadi. Antonio jamoalarida doimo kuchli hujumchilar bo'lgan. Bular; Keyn, Diego Kosta, Lukaku, Gratsianu. Bu yozda Yevropaning boshqa ko'plab yirik klublar ham murabbiylarini almashtirmoqda: "Bavariya", "Milan", "Liverpul". Balki ularga "Manchester Yunayted" ham qo'shilishi mumkin. Konte ajoyib murabbiy. Lekin yuqorida tilga olingan jamoalarning hech biri uni taklif qilmadi. Sababi u hech qaysi jamoaning uslubiga tushmasdi.

 

Konte-De Laurentis dueti juda omasli ko'rinadi. Ikkalasi ham juda qo'pol va injiq. "Napoli" uchun esa bu katta xavf tug'dirishi mumkin. Italiyaning deyarli barcha top-jamoalarini qayta qurish fonida "Napoli" Konte bilan yaxshi natijalarga erishishi ham mumkin.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.