Sport

Sardorlar jamoalarini tark etishmoqda

Yevropada amalga oshishi kutilayotgan transfer yangiliklari.

Sardorlar jamoalarini tark etishmoqda

 

Ayni kunlarda futbol ishqibozlarining etibori Yevro-2024ga qaratilgan. Lekin klub miqyosida ham ko'plab yangiliklar bor. Biz bugun Yevropa futbolidagi so'nggi transfer mish-mishlari haqida ma'lumot beramiz.

 

"Real Madrid" sardori Saudiya klubiga o'tmoqda

 

Nachoning "Real Madrid"ni tark etishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlar anchadan beri tarqalib kelmoqda. Ammo futbolchining yangi klub tanlashi hammani hayratga soldi. Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, himoyachi "Al-Qodsiya" bilan shartnoma imzolaydi. Hafta boshida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi, faqat ikki yillik shartnoma imzolash qoldi. Bu barcha hujjatlar tasdiqlangandan keyin sodir bo'ladi. Nacho butun faoliyati davomida "Real"da o'ynagan. Uning amaldagi shartnomasi 2024-yilning 30-iyunida tugaydi. 2023/2024-yilgi mavsumda u Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.

 

“Bavariya” yosh futbolchi uchun 60 million yevro to‘lamoqchi

 

"Bavariya" "Kristal Pelas" vingeri Maykl Olize transferiga rozi bo'ldi. Insayder Romanoning ta'kidlashicha, Myunxen klubi futbolchi uchun 53 million yevro to'laydi. Yana 5,9 million yevro bonuslar shaklida taqdim etiladi. Boz ustiga, “Bavariya” 22 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Olise Angliyada tug'ilgan, ammo Fransiya fuqaroligiga ega. 2023/2024-yilgi mavsumda u Premyer-liganing 19 uchrashuvida gol+pas tizimida 16 (10+6) ochko jamg'argan.

 

"Real" Karvaxalga o'rinbosar qidirmoqda

 

Dani Karvaxalning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi. Tomonlar yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olishmagan, shu bois Madrid klubi uning o‘rnini bosuvchi futbolchining ehtimoliy variantlarini ko‘rib chiqmoqda. "AS" nashrining xabariga ko'ra, "Real"da qanot himoyachisiga ikkita nomzod bor. Bu "PSJ"dan Ashraf Hakimi va "Chelsi"dan Ris Jeyms. Marokashlik futbolchi avval "Real"da o'ynagan. Karvaxal "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun faoliyatini klubda o'tkazdi.

 

"Barselona" sardori jamoadan ketadimi?

 

Serxi Roberto Kataloniyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin. "Barselona" sardori rahbariyatdan kelajagi borasidagi qarorni kutmoqda. Hammasi klubning moliyaviy ahvoliga bog'liq. Xabarlarga ko'ra, u Chempionlar ligasida o'ynaydigan "Jirona"ga o'tishi mumkin. Futbolchi uchun Ispaniyaning boshqa klublari "Sevilya" va "Valensiya" ham davogarlik qilmoqda.

 

“Aston Villa” Matsen uchun jiddiy kurashmoqda

 

Yan Matsen o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Dortmundning "Borussiya" klubida ijara asosida o'tkazdi. Futbolchi nemis klubi safida 23 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Borussiya" rahbariyatiga Matsenning o'yini yoqdi - uni "Chelsi"dan sotib olishni rejalashtirishgan. Ammo keyin "Aston Villa" oraga aralashdi. Qayd etilishicha, Birmingem klubi futbolchini "Borussiya"dan sotib oladi. "Chelsi" nemis jamoasidan 35 million yevro talab qilmoqda.

 

Hummels “Roma” bilan shartnoma imzolaydi

 

Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq himoyachisi Mats Hummels yangi klub izlamoqda. Dortmundliklar avvalroq futbolchining shartnoma muddati tugashi sababli ketishini tasdiqlagan edi. "Roma" Hummels uchun yaxshi variantlardan biri. Ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi bir mavsumga shartnoma imzolashga tayyor.

custom img

O‘zbekiston–Kongo DR uchrashuvini germaniyalik hakamlar brigadasi boshqaradi

Uchrashuvning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida ispaniyalik Alexandro Ernandez hamda Diego Sanchez Rojo faoliyat yuritadi.

custom img

JCH-2026. Kolumbiya Kongo DRni mag‘lub etdi va O‘zbekistonning pley-off umidlarini saqlab qoldi

2026 yilgi Jahon chempionatining K guruhi 2-turidan o‘rin olgan Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

custom img

O‘zbekiston Portugaliyaga yutqazdi: Kannavaro o‘yin haqida nimalar dedi?

Bosh murabbiy mundialdagi ishtirok jamoa uchun muhim tajriba bo‘layotganini ta’kidladi.

custom img

JCH-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yutqazdi

O‘zbekiston guruhdagi so‘nggi o‘yinni 28-iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

custom img

“Portugaliyaga qarshi o‘z rejamiz bor” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston bosh murabbiyi Portugaliya faqat Krishtianu Ronaldudan iborat emasligini, jamoa kuchli raqibdan qo‘rqmasligini va ijobiy natija uchun oxirigacha kurashishini aytdi.

custom img

JCH—2026: Jazoir Iordaniyani 2:1 hisobida mag'lub etdi

Iordaniya hisobni ochganiga qaramay, Jazoir kambek amalga oshirdi.

custom img

JCH-2026. Argentina Avstriyani magʻlub etib, muddatidan avval keyingi bosqich yoʻllanmasini naqd qildi

Uchrashuvda dubl muallifi boʻlgan Lionel Messi mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylanib oldi.

custom img

“O‘zbekiston Portugaliyadan qo‘rqmaydi” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi turnir yakunida jamoa ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan, biroq kuchli raqiblardan qo‘rqmaydigan jamoa sifatida eslab qolinishini istashini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"