Sport

Kroosning murojaati, Angliyaning kutilayotgan yangi murabbiyi va Mbappe muvaffaqiyatsizligining 2 sababi

Yevropa chempionatining diqqatga molik voqealari.

Kroosning murojaati, Angliyaning kutilayotgan yangi murabbiyi va Mbappe muvaffaqiyatsizligining 2 sababi

 

Yevro-2024 chorak final o'yinlari yakunlandi. Keyingi bahslar 9-iyul kuni bo'lib o'tadi. Biz shu vaqtga qadar Yevropa chempionatida yuz bergan e'tiborga molik jihatlar haqida to'xtatilib o'tmoqchimiz.

 

Toni Kroos futboldagi faoliyatini yakunladi va zamonaviy Germaniyada uni tashvishga soladigan narsalar haqida gapirib o'tdi. Aynan shu sabablar tufayli u Ispaniyada qolishni afzal ko'rishini ma'lum qildi.

 

“Men hali ham Germaniyani buyuk davlat deb hisoblayman. Ammo hozir bunday emas. Mamlakatda xavfsizlik darajasi o'zgardi. Muhojirlar orasida har doim ma'lum bir foiz insofsiz odamlar bo'ladi. Agar siz ularni olomondan ajratib qo'ymasangiz, bu qiyin bo'ladi. Nemis jamiyati bu muammo tufayli bo‘linib ketmoqda”, - dedi Kroos.

 

Chorak final o'yini unchalik qiziqarli bo'lmaganiga qaramay, Angliya terma jamoasi Yevro yarim finaliga yo'l oldi. Garet Sautgeyt jamoani 2016-yildan buyon boshqarib kelmoqda va termani qatorasiga to‘rtinchi bor yirik xalqaro turnirda shu bosqichga olib chiqdi. Sobiq hujumchi va teleekspert Gari Linekerning fikricha, har qanday holatda ham inglizlar bosh murabbiyi tez orada lavozimidan bo'shatiladi. Uning o'rnini bosadigan o'rinbosarning borligi aytilmoqda.

 

"Ishonchim komilki, nima bo'lishidan qat'iy nazar, bu turnir Garet Sautgeyt uchun oxirgisi bo'ladi. Uning o'rnini Frenk Lempard egallaydi. Menimcha, bu taktik jihatdan mos keladi. Futbolchilar darhol uni hurmat qila boshlaydi", - dedi Lineker.

 

Lempard juda hayratlanarli nomzod. Uning qo'l ostida Angliya o'sha yuqori saviyada qolishiga shubha bor.

 

Turkiya milliy terma jamoasi himoyachisi Merih Demiral Yevro-2024 1/8 finalida Avstriya ustidan qozonilgan g‘alabadan so'ng g'alabani noodatiy tarzda nishonladi. Shundan so'ng unga nisbatan tanqid to'lqini paydo bo'ldi va uning fonida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on Germaniyaga uchib ketdi. Ammo bu yordam bermadi - futbolchi ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Turkiya rahbari bu qarorni ochiqdan-ochiq norozilik bilan qarshi oldi:

 

“Kimdir nemislarning formalarida burgutlar bor, deb aytadimi? Kimdir fransuzlarning lobosida xo'roz borligini gapiradimi, ulardan nega unaqa forma kiyishlarini so'rang? Merih o‘z his-tuyg‘ularini shu ishora bilan izhor qildi. Umid qilamanki, shanba kuni barcha masalalar hal bo'ladi. Maydonni g'alaba bilan tark etib, keyingi bosqichga yo'l olamiz", - degan Erdo'g'an.

 

Uchrashuv oldidan Turkiya prezidenti haqiqatda stadionda paydo bo'ldi. Hatto o'yindan keyin terma jamoaning kiyinish xonasiga ham tashrif buyurdi va futbolchilarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

Kilian Yevropa chempionatida ko'p gol urishi kutilgandi. U yarim finalga chiqdi, lekin futbolchi hech qachon o'yindan gol ura olmadi. Bunday ajoyib tarkibga ega jamoa uchun dahshatli statistika. "Onze Mondial" nashri nima uchun bunday holat sodir bo'layotgani haqida ma'lumot taqdim etdi. Birinchi sabab ayni vaqtda Fransiyadagi siyosiy vaziyat. Nafaqat Mbappe, balki terma jamoaning boshqa o'yinchilari ham bu jarayonda bevosita ishtirok etmoqda. Bo'layotgan voqealar psixologik jihatdan Kilianga ham bosim o'tkazmoqda. Ikkinchi sabab 25 yoshli futbolchining jismoniy holati. U turnirga to‘liq tayyorlanmagan va bu vaqt davomida bel va tizzasida og‘riq sezgan, shuningdek birinchi o‘yindayoq burni singan. Bundan tashqari himoya niqobi unga mahoratini to'liq namoyish etishga imkon bermayotgan bo'lishi mumkin.

 

Ispaniya va Germaniya uchrashuvi bosh hakam Entoni Teylorning bahsli qarorlariga boy bo'ldi. Asosiysi, Mark Kukurellaning qo'liga to'p tekkan bo'lishiga qaramay belgilanmagan 11 metrlik jarima bo'ldi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"