Iqtisodiyot

2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi

Prezident raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024 yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi.

 

Byudjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi.

 

Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga yetdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion so‘mga ko‘p.

 

Birinchi yarim yillikda jami kapital quyilmalar 229 trillion so‘mni tashkil qilganini taʼkidlandi. Shundan 15,5 milliard dollari xorijiy investitsiya.

 

Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratildi.

 

Tadbirkorlik uchun 82 trillion so‘m kredit va 15,5 trillion so‘m subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilindi. Berilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi.

 

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashdi, 1 million 600 ming aholi rasmiy band bo‘ldi.

 

Yig‘ilish davom etmoqda...

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"