O'zbekiston

Toshkentda hokim yordamchisi onasini kaltakladi

Hozirda u o‘z vazifasidan chetlashtirilgan.

Toshkentda hokim yordamchisi onasini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi onasini kaltaklagani haqida maʼlumot tarqaldi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, holat yuzasidan JKning 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek, ayni damda keksa ayolning kaltaklanishiga aynan kim sababchi bo‘lganligi aniqlanmagan. Jabrlanuvchining o‘zi o‘g‘liga emas, keliniga qarshi ko‘rsatma bermoqda.

 

Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatini og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Tergov davom etmoqda.

 

Shahar hokimligi matbuot xizmati Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi tergov yakuniga qadar o‘z vazifasidan chetlashtirilganini maʼlum qildi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"