Sport

Hasanboy Do‘smatov ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi

Shu tariqa delegatsiya hisobiga 3-oltin medal yozildi.

Hasanboy Do‘smatov ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni sharafiga muyassar bo‘lgan ilk o‘zbek bokschisiga aylandi.

 

Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani mag‘lub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini taqdim etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taekvondo bo‘yicha Ulug‘bek Rashitov ham ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritib, bu borada birinchi o‘zbekistonlikka aylangandi.

 

Kun avvalida 45-o‘rinda turgan O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024dagi medallarini 5 taga (3 ta oltin, 2 ta bronza) yetkazib, umumjamoa hisobida 18-pog‘onaga ko‘tarildi.

custom img

JCH-2026. Kolumbiya Kongo DRni mag‘lub etdi va O‘zbekistonning pley-off umidlarini saqlab qoldi

2026 yilgi Jahon chempionatining K guruhi 2-turidan o‘rin olgan Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

custom img

O‘zbekiston Portugaliyaga yutqazdi: Kannavaro o‘yin haqida nimalar dedi?

Bosh murabbiy mundialdagi ishtirok jamoa uchun muhim tajriba bo‘layotganini ta’kidladi.

custom img

JCH-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yutqazdi

O‘zbekiston guruhdagi so‘nggi o‘yinni 28-iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

custom img

“Portugaliyaga qarshi o‘z rejamiz bor” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston bosh murabbiyi Portugaliya faqat Krishtianu Ronaldudan iborat emasligini, jamoa kuchli raqibdan qo‘rqmasligini va ijobiy natija uchun oxirigacha kurashishini aytdi.

custom img

JCH—2026: Jazoir Iordaniyani 2:1 hisobida mag'lub etdi

Iordaniya hisobni ochganiga qaramay, Jazoir kambek amalga oshirdi.

custom img

JCH-2026. Argentina Avstriyani magʻlub etib, muddatidan avval keyingi bosqich yoʻllanmasini naqd qildi

Uchrashuvda dubl muallifi boʻlgan Lionel Messi mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylanib oldi.

custom img

“O‘zbekiston Portugaliyadan qo‘rqmaydi” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi turnir yakunida jamoa ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan, biroq kuchli raqiblardan qo‘rqmaydigan jamoa sifatida eslab qolinishini istashini aytdi.

custom img

JCH-2026: tomoshabinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

36 o‘yinda 2,3 milliondan ortiq muxlis stadionlarga tashrif buyurdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"