Jahon

Eron vitse-prezidenti 10 kun ishlab isteʼfoga chiqdi

Taʼkidlashicha, Muhammad Javod Zarif yangi lavozimidagi faoliyatidan ko‘ngli to‘lmagan.

Eron vitse-prezidenti 10 kun ishlab isteʼfoga chiqdi

U X (sobiq Twitter)dagi sahifasida yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish bo‘yicha maslahat kengashi rahbari sifatidagi faoliyati natijalaridan qoniqmaganini yozdi. Shu va boshqa muammolar "uni pedagoglik faoliyatiga qaytishga undagan".

 

Masʼud Pezeshkiyon 5 iyulda prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganidan so‘ng maslahat kengashi tuzilgandi. Zarifga yangi vazirlar mahkamasi tarkibiga nomzodlarni tanlash topshirilgan va bu vazifa bajarilib, tasdiqlash uchun 11 avgustda parlamentga taqdim etilgandi.

 

Muhammad Javod Zarif tashqi ishlar vaziri lavozimidan ham o‘z ixtiyori bilan ketgandi. O‘shanda u vatandoshlaridan "xizmatni davom ettirishga qobil emasligi uchun" kechirim so‘ragandi.

 

Eronda Zarif AQSH bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori sifatida tanilgan. Aynan u Barak Obama davrida Erondan sanksiyalarni olib tashlashga xizmat qiluvchi "yadroviy bitim"ni imzolashga muvaffaq bo‘lgan. Biroq Donald Tramp Oq uyga kelganidan so‘ng Zarifning G‘arb bilan muzokaralarga intiluvchanligi Eronda tanqidlarga uchragan.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.