Jahon

Zelenskiy: Ukraina Rossiya hududlarini nazoratda ushlab turishda davom etadi

"Bizga ularning yerlari kerak emas", — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy: Ukraina Rossiya hududlarini nazoratda ushlab turishda davom etadi

Ukraina prezidenti NBC News telekanaliga bergan intervyusida Kiyev avgust oyida kutilmagan bosqin natijasida bosib olingan Rossiya hududlarini prezident Putin muzokaralar stoliga o‘tirmaguncha nazorat ostida ushlab turish niyatida ekanini aytdi.

 

"Biz u yerga o‘z ukrain hayot tarzimizni o‘tkazmoqchi emasmiz. Ammo Ukraina bosib olingan hududlarni nazoratda ushlab turadi. Chunki bu yerlar urushdagi «g‘alaba rejasi»ning ajralmas qismidir", — dedi Zelenskiy va bu taklifni xalqaro hamkorlarga, jumladan AQSHga taqdim etishini qo‘shimcha qildi.

 

Zelenskiy Ukraina Rossiya hududida yangi operatsiyalarni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qligini muhokama qila olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden maʼmuriyati hatto Ukrainaning o‘zida ham qatʼiy sir tutilgan Kursk viloyatidagi operatsiya haqida oldindan bilmagan.

 

"Biz bu operatsiya haqda hech kimga xabar bermadik. Bu ishonchsizlik sababli emas. Bizning o‘tgan yilning yozidagi qarshi hujumimiz, asosan, bu haqda ko‘p reklama qilingani va muhokama qilingani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki bu Rossiyaga Ukrainaning qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rishga vaqt berdi", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.

custom img

“Qaror qabul qilishimiz kerak”: Zelenskiy Putinga Mayamida uchrashishni taklif qildi

Ukraina Prezidenti uchrashuvda aytiladigan gaplardan ko‘ra, muzokaralarning natijasi muhimligini bildirdi.

custom img

Qariyalar uyidagi yong‘in: 16 kishi vafot etdi

Hozirda fojia sababi o‘rganilmoqda.

custom img

112 ga qo'ng'iroq: 66 yoshli ayol 4 metrlik quduqqa tushib ketdi

Ayol ehtiyotsizligi oqibatida hovlisidagi quduqqa tushib ketgan.

custom img

Si Szinpin Hindistonda: yetti yildan keyingi ilk tashrif

Xitoy raisi Hindistonga tashrifi davomida Bosh vazir Narendra Modi bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

custom img

Respublikachilar mag‘lub bo‘lsa, Eronga yanada qattiqroq choralar ko‘rilishi mumkin — Tramp

AQShda Kongressga oraliq saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

custom img

Isroil Hizbulloh bazasini portlatdi: portlash 4,1 magnitudali zilzilaga sabab bo‘ldi

2 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ikkita tunnelni yo‘q qilish uchun 1 ming tonnadan ortiq portlovchi modda ishlatilgan.

custom img

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ

Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish qayta tiklangani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim yerosti inshootlarida raketa yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"