O'zbekiston

Rossiya telekanali ayg‘oqchilikda ayblandi

Uni AQSHda Rossiya razvedkasining bir qismi deb qabul qilishmoqchi.

Rossiya telekanali ayg‘oqchilikda ayblandi

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning RT telekanalini propaganda, dezinformatsiya va josuslikda aybladi.

 

“RT xodimlaridan olingan yangi maʼlumotlarga qaraganda, kiberimkoniyatlarga ega RT yashirin axboriy amaliyotlar, taʼsir o‘tkazishga qaratilgan operatsiyalar va harbiy oldi-sotdilarga safarbar etilgan”, – deydi Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi.

 

Qayd etilishicha, katta resurslarga ega RT nafaqat AQSH, shuningdek, Moldova, Germaniya va Afrika mintaqasi davlatlaridagi ichki siyosiy jarayonlarga aralashmoqda.

 

Shunga ko‘ra Vashington boshqa davlatlarga RT telekanalini Rossiya razvedkasining bir qismi deb qabul qilishni maslahat bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"