O'zbekiston

Yevropa davlatlarida kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Avstriya va Slovakiyada dam olish kunlari ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

Yevropa davlatlarida kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Mahalliy meteorologlarning maʼlumotlariga ko‘ra, Chexiyada boshlangan kuchli yog‘ingarchilik Polsha, Germaniya, Avstriya va Slovakiyada salbiy tabiiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, Polsha-Chexiya chegarasidagi tog‘li hududlarda yaqin 72 soat ichida 400 mm gacha yog‘ingarchilik kutilmoqda.

 

Shu nuqtai nazardan, Polsha rasmiylari mamlakatning janubiy hududlarida yomon ob-havoga eng yuqori darajadagi tayyorgarlikni eʼlon qilishdi, Avstriya va Slovakiyada esa dam olish kunlari ommaviy tadbirlarni bekor qilindi.

 

Chexiya Atrof-muhit vaziri Petr Xladik hozirgi vaziyatni 1997 va 2002 yillardagi suv toshqinlari o‘nlab odamlarning o‘limiga va milliardlab yevro zararga olib kelgani bilan taqqosladi.

 

Bundan tashqari, Bavariyadagi Alp tog‘larining ayrim qismlarida 60 dan 100 mm gacha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Germaniya meteorologiya xizmati esa bu yilda birinchi marta kuchli qor yog‘ishini bashorat qilmoqda: 1500 metrdan yuqori hududlarda 50 santimetrgacha qor yog‘ishi ehtimoli bor.

 

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar va ishlamayotgan elektron tablolar yuzasidan e’tirozlar bildirilgan edi.

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

21-noyabr kuni ertalab AQI bo‘yicha “o‘rtacha” daraja qayd etilishi kutilmoqda.

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Go‘shtning iste’molga yaroqliligi yuzasidan laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Prezident 31 ta loyiha institutining faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

Birja savdolariga chiqarilgan benzindan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Majmua bir vaqtning o‘zida 6 ming nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Gavjumlikni kamaytirish uchun Chilonzor bekati o‘rniga «Mirzo Ulug‘bek», Xalqlar do‘stligi bekati o‘rniga esa «Milliy bog‘» bekatidan foydalanish tavsiya etilmoqda.

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

Eng yuqori natija Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilarida qayd etildi.