Jahon

Yevrokomissiyaning yangi tarkibi eʼlon qilindi

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil uchun o‘z jamoasiga qo‘shish niyatida bo‘lgan 27 kishini tanishtirdi.

Yevrokomissiyaning yangi tarkibi eʼlon qilindi

Estoniya sobiq bosh vaziri Kaya Kallas Jozep Borrelning o‘rniga Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili bo‘lishi kerak.

 

Stefan Sejurneni Yevropa Canoat strategiyasi va ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari etib tayinlash rejalashtirilmoqda. Yevropa komissari Terri Breton yangi Yevrokomissiya tarkibiga kirishdan bosh tortgani sababli, bu lavozimga Sejurne Fransiya tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimidan o‘tadi.

 

Ilk bor tashkil etilayotgan Yevropa komissiyasining Mudofaa bo‘yicha komissari lavozimini litvalik deputat, Yevroparlamentning Rossiya bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Andryus Kubilyus egallashi kerak.

 

Fon der Lyayenning taʼkidlashicha, Yevrokomissiyaning yangi tarkibi 11 ayolni o‘z ichiga olishi kerak, bu 40% kvotaga to‘g‘ri keladi. Agar nomzodlar Yevroparlament tomonidan tasdiqlansa, Yevrokomissiyaning yangi tarkibi 1 noyabrdan ish boshlaydi.

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"