Jahon

Shimoliy Koreya xakerlari 3 mlrd dollar o‘g‘irladi

Mablag‘ yadroviy dastur uchun sarflangan.

Shimoliy Koreya xakerlari 3 mlrd dollar o‘g‘irladi

Microsoft‘ning kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi hisobotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya xakerlari 2017 yildan beri qariyb 3 milliard dollarlik kriptovalyutalar o‘g‘irlagan. O‘g‘irlangan pullar Pxenyanning yadroviy dasturini moliyalashtirishga ketgan.

 

Microsoft ushbu mablag‘lar Shimoliy Koreyaning yadro qurolini yaratish xarajatlarining yarmidan ko‘pini qoplaganini taʼkidladi. Xabarda aytilishicha, 2023 yilning o‘zida milliard dollargacha pul o‘g‘irlangan.