O'zbekiston

29-oktyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti.

29-oktyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

29-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja  iliq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Avtobus oynalari nega qoraytirilgan? “Toshshahartransxizmat” sababini tushuntirdi

Toshkent avtobuslaridagi qoraytirilgan oynalar va ishlamayotgan elektron tablolar yuzasidan e’tirozlar bildirilgan edi.

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

Toshkentda havo sifati o‘zgaradi: kechasi ayrim soatlarda "nosog‘lom" darajaga yetishi mumkin

21-noyabr kuni ertalab AQI bo‘yicha “o‘rtacha” daraja qayd etilishi kutilmoqda.

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Go‘shtning iste’molga yaroqliligi yuzasidan laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Prezident 31 ta loyiha institutining faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

Birja savdolariga chiqarilgan benzindan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Majmua bir vaqtning o‘zida 6 ming nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Gavjumlikni kamaytirish uchun Chilonzor bekati o‘rniga «Mirzo Ulug‘bek», Xalqlar do‘stligi bekati o‘rniga esa «Milliy bog‘» bekatidan foydalanish tavsiya etilmoqda.

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

Eng yuqori natija Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilarida qayd etildi.