O'zbekiston

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari soni ochiqlandi

Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari soni ochiqlandi

Bugun, 1 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati va 2024 yilgi 1-stipendiya tanlovining yakuni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Qayd etilishicha, har yili Jamg‘arma tomonidan eʼlon qilinadigan ochiq stipendiya tanlovlarida vazirliklar va idoralar mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, asosan, yoshlar faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 

Jumladan, 2018 yil davomida 378 nafar, 2019 yil davomida 600 nafar, 2020 yil davomida 15 nafar (pandemiya davri), 2021 yil davomida 266 nafar hamda 2022 yil davomida 480 nafar, 2023 yilda 274 nafar (2024 yil 14 oktyabr holatiga 411 nafar tanlab olindi), jami 2425 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlar hamda soha mutaxassislarini “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida xorijdagi rivojlangan davlatlarning taʼlim muassasalari va ilg‘or kompaniyalarida taʼlim olishi va stajirovka o‘tashi tashkil etilmoqda.

 

 

Ayni vaqtda 550 nafar stipendiatlar AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda bakalavriat, magistratura, ordinatura hamda doktorantura dasturlarida o‘qishlarini davom ettirmoqda.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

custom img

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Inoqov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi hisoblanadi

custom img

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ikki xodim “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Marhum FVV xodimi Toshkentdagi xonadonda bo‘lgan yong‘inda 7 kishini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgandi. YPX xodimi Spark urib ketishi oqibatida vafot etgandi.

custom img

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra bir qator davlat xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

custom img

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Prezident farmoni bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda OAV sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

custom img

Taniqli qilichboz va MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

U jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"