Iqtisodiyot

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi

Markaziy bank zaxiralari ketma-ket to‘rt oydan beri o‘smoqda.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari oktyabr oyida 2 milliard dollarga oshib, 43,14 milliard dollarga yetdi. Bu haqida Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarda so‘z boradi.

 

Markaziy bank zaxiralari ketma-ket to‘rt oydan beri o‘smoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda — 1,75 milliard dollarga, sentyabrda — 1,98 milliard dollarga, oktyabrda esa 2 milliard dollarga oshgan.

 

Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valyuta zaxiralari 511 million dollarga oshgan — 8,709 milliarddan 9,220 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Oltin zaxiralari qiymati 1,44 milliard dollarga oshib, 33,36 milliard dollarga yetgan.

 

Bundan tashqari, Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi 445,5 million dollarga oshib, 9,11 milliard dollarga yetgan. Shundan 414,4 million dollari boshqa Markaziy banklar, XVJ va Xalqaro hisob-kitoblar bankida saqlanadi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

custom img

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank”i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Bank 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning moliyaviy regulyatorlariga ariza topshirib, kelasi yilning o‘zidayoq faoliyat boshlashni maqsad qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"