Sport

O‘zbekiston — Qatar o'yinida madhiya o‘rniga reklama qo'yildi

Ushbu holatga izoh berildi.

O‘zbekiston — Qatar o'yinida madhiya o‘rniga reklama qo'yildi

Kecha, 14-noyabr kuni Qatar — O‘zbekiston uchrashuvi boshlanishi oldidan O‘zbekiston madhiyasi efirga uzatilmay, o‘rniga reklama ko‘rsatildi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Sport TV kanali bosh direktori Zohid Karimov ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

 

“Shuncha tayyorgarlik, shuncha harakat qilib davlat madhiyasiga kelganda atayin kesmaymiz-ku!? Biz ketma-ket o‘yinlarni ko‘rsatmoqdamiz. Undan oldin boshlangan o‘yin qo‘shib berilgan vaqt hisobiga kech tugadi. Bu o‘yinga o‘tguncha shartnoma bo‘yicha reklamalarimiz bor edi. Shu reja bo‘yicha ish olib borilayotganda, madhiya boshlanib qoldi. Efirga madhiyaning o‘rtasidan o‘tish noto‘g‘ri hisoblanib, tugashi kutildi. O‘yinni chiroyli tarzda translyatsiya qilish uchun barcha imkoniyatni yaratishga harakat qildik. Eng ishongan, tajribali sharhlovchilarga maydondan sharhlash imkonini berdik. Mening ham aybim bor, sharhlovchilar ovozini efirga ulash bilan band bo‘lib, eʼtibor bera olmay qoldim”, — deydi Zohid Karimov.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 3:2 hisobida Qatar jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

 

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"