Jahon

YEI Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Bunga Eronning urushni qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘lgan.

YEI Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

YEI Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagani uchun Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi.

 

"Yevropa Ittifoqi Eron Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini, shuningdek, Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasidagi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun unga qarshi cheklovlarni kengaytirildi", deyiladi Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida.

 

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqidan Eronga raketa va dronlarni yaratish va ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlarni eksport qilish, yetkazib berish yoki sotish taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Eron dronlari yoki raketalarini, shuningdek, tegishli texnologiyalar va komponentlarni Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish uchun foydalaniladigan portlar bilan har qanday operatsiyalarni taqiqladi. Shuningdek, bunday tashish bilan shug‘ullanadigan kemalarga har qanday xizmatlarni ko‘rsatish ham taqiqlanadi.

 

Shu bilan birga, YEI Kengashi Eron va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikda ishtirok etuvchi bir shaxs va to‘rtta tashkilotga nisbatan maqsadli sanksiyalar kiritdi. Bular Eronning Islamic Republic of Iran Shipping Lines (IRISL) va uning direktori Muhammad Rizo Xiabani, shuningdek, Rossiyaning “MG Flot” , “VTS-Broker” va “Arapaks” yuk tashish kompaniyalari.

custom img

Vositachilar AQSh va Eronga 10 kunlik sulh taklif qildi

Hozircha tomonlar tashabbusni qabul qilmagan.

custom img

Kongo DRda Ebola virusi qurbonlari soni 930 nafardan oshdi

Tasdiqlangan kasallanish holatlari esa 2 344 taga yetdi.

custom img

Argentinaning JCH-2026 finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Buenos-Ayresda tartibsizliklar yuz berdi

Tartibsizliklar oqibatida kamida 15 kishi qo‘lga olindi.

custom img

Prezident Zelenskiyga qarshi namoyish boshlandi

Bugun jahon hamjamiyati birdaniga ikki yirik va xavfli frontdagi voqealar rivojini xavotir bilan kuzatmoqda. Bir tomondan, Yaqin Sharqda AQSH va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ortga qaytmas nuqtaga kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Rossiya agressiyasiga qarshi kurashayotgan Ukrainaning ichida jiddiy, katta siyosiy inqiroz boshlandi. Har ikki hududdagi vaziyat xalqaro xavfsizlik shartlarini butunlay o‘zgartirib yuborish arafasida turibdi.

custom img

Saudiya Arabistoni bir yillik ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi

Viza egalari mamlakatga bir necha bor kirib, umumiy hisobda 90 kungacha qolishi mumkin.

custom img

JCH-2026 o‘yinlariga 6,8 mln tomoshabin tashrif buyurdi

Shimoliy Amerikada o‘tkazilgan 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixdagi eng ko‘p tomoshabin yig‘gan turnirga aylandi.

custom img

Jizzaxda shaxsiy foto va videolarni tarqatish bilan tahdid qilib pul talab qilgan shaxs ushlandi

U mahalladoshini shaxsiy tasvirlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 1,5 mln so‘m talab qilgan.

custom img

Ukraina Qozog‘iston nefti ortilgan tankerlarga hujum qildi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, neft yuklash esa vaqtincha to‘xtatildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"