Jahon

Tramp yana AQSHni NATOdan chiqarish bilan tahdid qildi

U harbiy xarajatlar taqsimotidan norozi.

Tramp yana AQSHni NATOdan chiqarish bilan tahdid qildi

Qo‘shma Shtatlarning saylangan prezidenti AQSH va Shimoliy Atlantika alyansining boshqa aʼzolari o‘rtasidagi mudofaa xarajatlaridagi farqni “adolatsiz” deb atadi.

 

"Ular o‘z to‘lovlarini to‘lashlari kerak. Agar bu amalga oshmasa, inauguratsiyadan keyin AQSH-NATO munosabatlarini qayta ko‘rib chiqaman", — deya taʼkidladi Tramp NBC News telekanaliga.

 

Amerikalik siyosatchi uzoq vaqtdan beri NATO‘ning barcha davlatlari ham mudofaa ittifoqi kelishuvlarida qayd etilganidek, o‘z yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini mudofaa xarajatlariga ajratmayotganini tanqid qilib keladi.

 

Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti maʼlumotlariga ko‘ra, NATO mamlakatlari orasida Qo‘shma Shtatlardan tashqari, faqat Polsha va Buyuk Britaniya 1990 yildan beri har yili umumiy YAIMning 2 foizidan ortig‘ini mudofaaga sarflaydi. Germaniyada zaruriy mudofaa investitsiyalarining yetishmasligi taxminan 230 milliard yevroni, Italiyada 120 milliard yevroni, Ispaniyada 80 milliard yevrodan ortiqni tashkil qiladi.

 

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Ayollarni davolagan shifokorlar qamoq bilan qo‘rqitilmoqda: Afg‘onistondagi yangi to‘siqlar

Bu holat shoshilinch tibbiy yordamga ham ta’sir qilmoqda.

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

O‘zbek ayvonlari Vashingtonda: Shavkat Mirziyoyevning Trampga sovg‘asi o‘rnatildi

Ayvonlar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.