Jahon

Moskvada Rossiya armiyasining nufuzli generali portlatib yuborildi

RF tergov qo‘mitasi portlashda ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Moskvada Rossiya armiyasining nufuzli generali portlatib yuborildi

Bugun tonggi soat 6:00 atrofida Moskva shahrining Nijgorod rayonidagi uy hovlisi oldida sodir bo‘lgan portlashda ikki kishi halok bo‘ldi. Portlash to‘lqini atrofdagi kvartiralarning derazalarini uchirib yuborgan.

 

RF tergov qo‘mitasi portlash oqibatida Rossiya qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov hamda uning yordamchisi Ilya P. halok bo‘lganini tasdiqladi.

 

Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Moskva prokuraturasi ishni o‘z nazoratiga olgan.

 

Qo‘mita xabariga ko‘ra, voqea joyida tergovchilar, sud-tibbiyot ekspertlari va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Hozirda sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash harbiylar uydan chiqayotganda sodir bo‘lgan. Katta ehtimol bilan, portlovchi qurilma uy yaqinida to‘xtab turgan skuterga o‘rnatilgan bo‘lgan.

 

Portlovchi qurilma 200 gramm trotil quvvatiga ega bo‘lgan, natijada uyning kirish eshigi va derazalari sinib ketgan, generalning xizmat mashinasi ham shikastlangan.

 

Ukraina nashrlari rossiyalik general urushda kimyoviy qurollarni qo‘llash haqida shaxsan topshiriq bergani va buning ortidan harbiy jinoyatlarda gumonlanayotganini yozmoqda.

 

Bugun Kirillov RF mudofaa vazirligi brifingida ishtirok etishi rejalashtirilgandi. U muntazam ravishda shunday brifinglar o‘tkazib keladi va AQSHning Ukrainadagi «harbiy-biologik faoliyati» haqida so‘zlab beradi. Xususan, 2022 yilda AQSHni Ukrainada chivinlar orqali tarqatiladigan viruslar tadqiq etiladigan biolaboratoriyalar yaratishda ayblagan. 2023 yilda esa AQSH raqib harbiy xizmatchilarini zaharlash uchun bunday chivinlarni dronlar orqali yetkazishni rejalashtirayotgani haqida gapirgandi. U shuningdek, Rossiyada parranda grippi bilan kasallanish darajasi ortganini Ukrainadan zararlangan qushlar migratsiyasi bilan izohlagan.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"