Sport

O‘zbekiston futzal federatsiyasiga prezident sayland

Kecha federatsiyaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasiga prezident sayland

 

Toshkentda 25-dekabr kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbir avvalida O‘FA hamda O‘zPFL futzalni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, mini-futbol va sohil futbolini aholi orasida ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida ularni yagona tuzilmaga birlashtirishga qaror qilingani qayd etildi.

 

O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston futzal federatsiyasining Ustav loyihasi hamda Ijroiya qo‘mita a’zolari tasdiqlangan. Shundan so‘ng, tashkilotning ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan.

 

2025-yildan faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov nomzodi ma’qullandi. Jumladan, federatsiyada:

 

Bekzod Mamatqulov — federatsiya prezidenti;

Aziz Akbarjonov — vitse-prezident;

Ma’rufjon Abdullayev — bosh kotib.

 

Tadbir davomida futzal bo‘yicha terma jamoamizning keyingi Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etishiga tilak bildirildi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"