Sport

Neymar vataniga qaytmoqda

Uning Saudiyadagi omadsiz faoliyati yana davom etadimi?

Neymar vataniga qaytmoqda

 

Neymarning Saudiya Arabistonidagi hikoyasi yakunlandi. 1,5 yil davomida braziliyalik futbolchi “Al-Hilol” safida atigi yettita o‘yinda (jami 428 daqiqa) maydonga tushib, bitta gol urgan. 2023-yilning yozida klub Neymar uchun "PSJ"ga 100 million yevro to'lagan. Futbolchining oyligi 150 million yevroni tashkil etgan. Endi esa forvard o'zining vataniga qaytmoqda.

 

“Al-Hilol” matbuot xizmati 27-yanvar, dushanba kuni Neymar bilan shartnomani bekor qilganini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda xayrlashuv imkon qadar tor doirada o'tkazilgani ma'lum bo'ldi. "Al-Hilol" va Neymar o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishga kelishib olishgan. Saudiya Arabistoni klubi megayulduz futbolchi bilan shartnoma imzolashda butunlay boshqacha natijaga umid qilgandi. Ammo Neymarga jiddiy jarohatlar halaqit berdi. 2023-yilning oktabr oyida u Braziliya terma jamoasi jiddiy jarohat olgandi.

 

"Al-Hilol" bir yil davomida Neymarning qaytishini kutdi. 2024-yilning 21-oktabr kuni u “Al-Ayn” bilan OChL o‘yinida maydonga tushdi. Ikki haftadan so'ng esa yana jarohat oladi. Bu safar u sonini shikastlab oladi. “Al-Hilol” rahbariyatining esa shundan so'ng sabri tugab borayotgandi. 2025-yil boshida esa jamoa bosh murabbiyi “Al-Hilol” endi jarohat oladigan 32 yoshli Neymar bilan hisoblanmasligini ma'lum qildi.

 

Xorxe Xesus, "Al-Hilol" bosh murabbiyi

 

"Neymar jamoaning chempionlik uchun ro'yxatiga kiritilmagan. U Osiyo chempionlar ligasida qatnasha oladi. Saudiya Arabistoni chempionati dunyodagi eng yaxshi musobaqalardan biri hisoblanadi. “Al-Hilol”ning barcha futbolchilari Yevropaning istalgan klubida o‘ynashi mumkin. Neymar endi biz xohlagan darajada o'ynay olmaydi”.

 

"Footmercato" nashrining xabar berishicha, Neymar 2024-yilda atigi 42 daqiqa o‘ynab, 101 million yevro ishlab topgan. Yil boshida OAV darhol Neymarning kelajagini muhokama qilishda boshladi. Variantlar orasida birinchi bo'lib "Inter Mayami" paydo bo'ldi. Klub bosh murabbiyi Xaver Maskerano braziliyalik futbolchi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: "Biz Neymar haqida gapira olmaymiz. U ajoyib futbolchi. Dunyodagi har qanday murabbiy Neymarni o'z jamoasiga olishni xohlaydi, lekin siz MLSning maosh qoidalarini yaxshi bilasiz. Bu unga to'g'ri kelmasligi mumkin".

 

Shuningdek, "Barselona"ning Neymarga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Biroq, kataloniyalik klubi sport direktori Deko braziliyalik futbolchining qaytishini rad etgan. Natijada forvard uchun "Santos" varianti paydo bo'ldi. Klub Neymar va uning atrofidagilarni turli yo'llar bilan qaytishga ishontirdi. Xabarlarga ko'ra, "Santos" rahbarlari ajoyib reja bilan murojaat qilishgan. "Santos" uchun Neymar hatto moliyaviy imtiyozlarga ham rozi bo'lgan. Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi "Santos" bilan besh oylik shartnoma imzolaydi. Biroq, u JCh-2026gacha uzaytirilishi ham mumkin.

 

Neymarning o'zi sobiq jamoasiga qaytishi haqida quyidagicha fikr bildirgan.

 

"Faoliyatim davomida hech narsadan afsuslanmayman. Barcha xatolar, hayotiy qarorlar o'sishimga va yetuk futbolchi bo'lishimga qaratilgan edi".

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"