Sport

Ikkilanayotgan Reshford, Osimhen uchun kurash va Ronalduning yangi jamoadoshi

So'nggi kunlarda qanday transferlar amalga oshirilishi kutilmoqda?

Ikkilanayotgan Reshford, Osimhen uchun kurash va Ronalduning yangi jamoadoshi

 

Transfer bozori yangiliklarga boy bo'lmoqda. Qishki transfer oynasida bir qancha yangi o'tishlar sodir bo'ldi. Yaqinlashib kelayotgan xabarlar ham ko'pchilikning e'tiborini tortmoqda.

 

Tell nemis jamoasidan ketadi

 

"Bavariya" hujumchisi Mathis Tell yanvarda jamoani tark etishga qaror qildi. Fabritsio Romanoga ko'ra, "Chelsi" oy boshida futbolchi haqida ma'lumot so'ragan, ammo forvardga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Sami Mokbelning qayd etishicha, Tell "Manchester Yunayted", "Tottenhem" va "Arsenal"ning rejasida bor. Insayderning ta'kidlashicha, Mathisning o'zi "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohlaydi.

 

"Napoli" Osimhenni turklarga sotmaydi

 

"Galatasaroy"dan ijaraga olingan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimhenning kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Xabarlarga ko'ra, neapolliklar Istanbul klubining forvardni 65 million yevroga transfer qilish taklifini rad etishgan. "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis 75 million yevro talab qilishda davom etmoqda. Bu miqdor nigeriyalikning shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan. Ayni paytda, "Yuventus" Dushan Vlahovichga o'rinbosar qidirayotgani va Osimhenni sotib olishga harakat qilayotgani ma'lum bo'ldi. Turin klubi sport direktori Krishtianu Giuntoli uchun bu muhim transfer hisoblanadi. Osimhen joriy mavsumda 20 ta o‘yinda 16+5 natija qayd etdi.

 

Reshfordda ikkita variant bor

 

Markus Reshford "Manchester Yunayted"da qolib ketadiganga o'xshaydi. Jarayon oldinga siljimayapti. "The Independent" nashrining xabariga ko'ra, mankunianliklar ayni damda 27 yoshli forvard uchun transfer bozorida faqat ikkita variantni ko'rib chiqmoqda. Birinchisi, Reshfordning mavsum oxirigacha ijara asosida "Yuventus"ga o'tishi. Ikkinchisi, "Barselona"ga to'liq transfer qilish. Bu kelajakda amalga oshishi mumkin. Manbaga ko'ra, Markusni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan jamoalarga uning maosh miqdori to'g'ri kelmasligi mumkin. "The Guardian" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Reshford bilan aloqani to'xtatgan. Markus 12-dekabrdan beri maydonga tushmadi, biroq joriy mavsumda 24 ta o'yinda 7+3 natija qayd etdi.

 

Londonliklar hujumchi izlashmoqda

 

"Arsenal"ning hujum chizig'ini yaxshilashi qiyin kechyapti. "ESPN" xabariga ko'ra, London klubi qishda o'zining transfer maqsadi - hujumchi Benjamin Sheshkoni sotib ololmaydi. Qayd etilishicha, nemislar sloveniyalikni yanvarda sotmoqchi emas, ammo yozda uni 70-75 million yevroga qo‘yib yuborishi mumkin, bu mavsumda 21 yoshli forvard 27 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuning uchun "Arsenal" boshqa variantlarni o'rganmoqda. "Vulverxempton"dan Metyus Kunya bilan kelishuvga erishish dargumon. Qolaversa, "kanonirlar" "Atletik"dan vinger Niko Uilyamsga ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

 

"Santos" Neymarning ortidan "Barsa"ning yana bir sobiq futbolchisini oladi

 

Klub Neymarni "Al-Hilol"dan qaytarish bo'yicha allaqachon kelishib olgan va hozirda "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Artur Meloning transferi bo'yicha ham faol muzokaralar olib bormoqda. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, futbolchi ijaraga olinadi, biroq shartnomada uni sotib olish varianti ham mavjudligi qayd etilgan. Arturning o'zi "Santos"ga o'tishga qarshi emas, chunki u Neymar bilan birga o'ynash imkoniyatidan manfaatdor. 28 yoshli markaziy yarim himoyachi "Yuventus"ga tegishli bo'lib, bu mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmadi. Uning shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

 

Ronalduga yangi jamoadosh olib kelinadi

 

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “Al-Nasr” “Aston Villa” hujumchisi Jon Dyuranni 77 million yevro evaziga qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Avvalroq kolumbiyalik futbolchi bu transferga rozi bo‘lishi mumkinligini, chunki Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni jamoasida to‘p surishini ta'kidlagan. Ammo “Al-Nasr” “Bayer” hujumchisi Viktor Bonifas bilan muzokaralar olib borayotgani aytilmoqda.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"