Jahon

SMS orqali tanishib baxtli yashab kelayotgan juftlik

Er-xotin hayotda baxt kutilmagan joydan kelishi mumkinligiga ishonishadi.

SMS orqali tanishib baxtli yashab kelayotgan juftlik

Donovan va Kirsti Shirs butunlay tasodifan tanishishgan. Mobil telefonlarning ilk davrida fotosurat yuborish imkoniyati bo‘lmagani sababli, yoshlar o‘zlarini matn orqali tasvirlashga majbur bo‘lishgan.

 

Donovan Shirs 1998-yilda 18 yoshga to‘lganida ilk mobil telefonini sovg‘a sifatida olgan. O‘sha davrda ijtimoiy tarmoqlar mavjud emas edi, shuning uchun odamlar vaqt o‘tkazishning o‘ziga xos usullarini izlaganlar.

 

Donovan shunchaki tasodifiy raqamga "Salom" degan oddiy xabarni yuborishga qaror qiladi. Tez orada unga Kirsti ismli ayol javob qaytaradi. U Donovan yashaydigan hududdan 160 kilometr uzoqda yashagan.

 

"Men bu xabarni o‘zim raqamimni bergan odamdan kelgan deb o‘yladim. Shunchaki: 'Salom, bu kim?' deb javob berdim", — deb eslaydi Kirsti.

 

Shundan so‘ng, bo‘lajak juftlik muntazam yozisha boshlaydi. Ular o‘rtasida surat almashish imkoniyati bo‘lmagani sababli, tashqi ko‘rinishlarini faqat matn orqali tasvirlab berishlariga to‘g‘ri kelgan.

 

"Men undan qanday ko‘rinishda ekanligini so‘radim. U esa bo‘yi 198 sm ekanligini aytdi. Men esa 'Rostdan ham shunday bo‘lishi mumkinmi?' deb o‘yladim. Va haqiqatdan ham, erim juda baland bo‘yli, u meni aldamagan ekan", — deydi Kirsti.

 

Olti oy davom etgan yozishmalardan so‘ng, Donovan va Kirsti nihoyat shaxsan uchrashishga qaror qilishadi. Donovan uni kechki ovqatga taklif qiladi. Ushbu uchrashuv ularning sevgi hikoyasining boshlanishiga aylangan.

 

2002-yilda juftlik turmush qurib, baxtli hayot kechira boshlaydi. Hozirda ularning ikki farzandi bor: to‘qqiz yoshli o‘g‘li Stirling va olti yoshli qizi Alora. Er-xotin hayotda baxt kutilmagan joydan kelishi mumkinligiga ishonishadi.

 

"Kirsti ajoyib ayol, u juda aqlli, biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. U mening eng yaqin do‘stim", — deydi Donovan.

 

Komila Odilova tayyorladi

custom img

Rossiya qiruvchilari Qora dengiz ustida Britaniya razvedka samolyotiga xavfli tarzda yaqinlashdi

Hodisadan so‘ng Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi Rossiya elchixonasidan rasmiy izoh talab qildi.

custom img

AQSh va Isroil Eronga sobiq prezidentni rahbar qilmoqchi bo‘lgan — NYT

Isroil urushning birinchi kunida Tehronda uy qamog‘idagi Mahmud Ahmadinajodni ozod qilish maqsadida uning qarorgohiga zarba bergan.

custom img

Eron AQSH yangi zarbalar bersa urush kengroq yoyilishini ma’lum qildi

Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishilmasa mamlakatga qarshi hujumlar qayta boshlanishi mumkinligini bildirgan edi.

custom img

Putinning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi: 40 ta hujjat imzolandi

Rossiya va Xitoy yetakchilari “eng nozik masalalarni” choy ustida muhokama qilgan.

custom img

JSST Ebola sabab 139 kishi vafot etganini ma’lum qildi

Virus bilan kasallanishning qariyb 600 ta gumon qilingan holati mavjudligini bildirdi.

custom img

Afg‘onistonda qizning 12 yoshida turmushga chiqishi qonuniylashtirildi

Tolibon voyaga yetmaganlar o'rtasidagi nikohni tan oladigan yangi oilaviy qonunni qabul qildi.

custom img

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi ilk uchuvchi taksi sinovdan o‘tkazildi

Namoyish etilgan model soatiga 200 kilometrgacha tezlikka erisha oladi va 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir.

custom img

Putin Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi

Tashrif davomida bir qator sohalarda hamkorlikni qamrab oladigan qariyb 40 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"