O'zbekiston

Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilmoqda

Bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilmoqda

Vazirlar mahkamasining "Elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi"dagi qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, utilizatsiya yig‘imi (kodi TIF TN 8703 80) oshiriladi. Utilizatsiya yig‘imlari quyidagicha etib belgilandi:

 

— Ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan elektromobillar uchun yig‘im BHMning 120 baravari — 45 million so‘m;

 

— Ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78,75 million so‘m).

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorda belgilangan utilizatsiya yig‘imlarini yig‘ish hamda ulardan samarali foydalanish tartibini ishlab chiqadi.

 

Qaror mamlakatda “yashil” texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, elektromobillarning yaroqsiz holga kelib qolgan batareyalarini atrof-muhitga keskin zarar yetkazmagan holda utilizatsiya qilishni taʼminlash hamda sohada mahalliylashtirish ishlarini yana-da jadallashtirish maqsadida qabul qilingan.

custom img

Toshkentdagi 9 qavatli uy yonidagi kotlovan o‘pirilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

custom img

O‘zbekiston maktab va OTMlarida xavfsizlikning yangi tartibi joriy etiladi

Ta’lim muassasalari hududiga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishi taqiqlanadi, tashrif buyuruvchilar esa maxsus tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda yana bir yo‘nalishda “Yashil to‘lqin” svetofor tizimi ishga tushirildi

Kichik halqa avtomobil yo‘lining 1,7 kilometrlik qismida beshta svetofor sinxronlashtirilib, harakatlanish vaqti 45 foizga qisqardi.

custom img

Andijonda ommaviy mushtlashuv qilgan 7 nafar ayol 5 sutkaga qamaldi

Mojaro Instagram ijtimoiy tarmog‘ida boshlangan o‘zaro haqoratlar oqibatida yuzaga kelgan.

custom img

AQSHdagi o‘rmon yong‘inlaridan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Yong‘inlar fonida Bosh konsulxona vatandoshlarga murojaat qildi.

custom img

AQSHdan 18 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

O‘zbekiston fuqarolari maxsus charter reysi orqali Toshkentga olib kelindi.

custom img

“Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga jazo kuchaytirilganini eslatib o'tdi.

custom img

Farg‘onada mast haydovchi urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

“Spark” boshqargan haydovchi YPX xodimining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"