Sport

Arne Slot Angliyada 1-sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin

“Liverpul” Liga kubogi finaliga yo‘l oldi.

Arne Slot Angliyada 1-sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin

 

"Liverpul" va "Tottenhem" yarim final javob uchrashuvida Liga kubogining ikkinchi finalchisi masalasini hal qilishdi. Oldinroq “Nyukasl” “Arsenal”ni mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqqandi. Ikkinchi juftlik oldidan esa hammani bitta savol qiynardi, londonliklar o'z maydonidagi kichik hisobdagi g‘alabadan so‘ng “Enfild”da ham buni davom ettira oladimi?

 

"Tottenhem"ning asosiy muammosi bu - jarohatlar. "Liverpul"ga qarshi javob o'yini uchun Postekoglou yana bir bor to'liq tarkibni to'pladi. Masalan, yangi kelgan Kevin Danso darrov himoya markaziga chiqdi. Arne Slott jamoasida esa asosiy yo'qotish Trent edi (uning kichik jarohati bor), shuningdek, Mac Allister o'rniga bahsda Jons o'ynadi. "Liverpul"ning re'jalari barcha sovrinlar uchun kurashishni o'z ichiga oladi. Bu nimani anglatadi? “Liverpul” ilk daqiqalardan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Mezbonlarning tejovuzkorligini ilk daqiqalardayoq Van Deyk ko'rsatdi. U uchinchi daqiqada Richarlisonning jag'iga zarba berdi. Hakam Kreyg Pauson esa uni og'zaki ogohlantirdi. Qizig'i, futbolchilar o'rtasidagi "jang" yana davom etdi. O'yin boshida "Tottenhem" ko'proq hujumlarda qatnashdi, biroq taym o'rtalaridan boshlab himoyalanishga majbur bo'ldi. Londonliklar uchun 45 daqiqaning asosiy qahramoni darvozabon Antonin Kinskiy bo'ldi. U bir necha bor “Tottenhem”ni qutqarib qoldi. 30-daqiqada Dominik Szoboslay mehmonlar jarima maydonchasi ichida ajoyib tarzda ochilib, Muhammad Salohning uzatmasini qabul qilib oldi. Venger bir teginish bilan to'pni Kinskiy darvozasiga yo'lladi, ammo mazkur vaziyat ofsayd deb topildi. Ammo, 34-daqiqada "Liverpul" yana darvozani aniq nishonga oldi. Jarima maydonchasi ichida Muhammad Salohning ajoyib uzatmasidan so'ng Kodi Gakpo raqib darvozasiga chiroyli tarzda gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. “Liverpul” bo‘lim yakuniga qadar ko‘proq gol urishi mumkin edi. Biroq, Salohning yo'llagan bir nechta zarbasidan keyin Kinski londonliklarni qutqarib qoldi.

 

Ikkinchi bo'lim "Liverpul"ning 2019-yili Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yinida "Barselona"ga qarshi bahsni eslatib yubordi. Mezbonlar juda dadil hujumlar uyushtirishdi: avvaliga Szoboslay burchak to'pidan so'ng xavfli zarba berdi, ammo Kinski uni qaytarib qoldi. Oradan bir daqiqa o‘tib yosh darvozabon “Tottenhem” jarima maydonchasiga yorib kirib kelgan Darvin Nunesni yiqitdi. Natija penaltidan unumli foydalangan Muhammad Saloh jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.

 

"Tottenhem" ikkinchi goldan keyin ham hujum qilish haqida o'ylab ko'rmadi. Albatta, londonliklarga Premyer-liganing eng yaxshi jamoasi bilan teng sharoitda raqobatlasha oladigan tarkib yetishmadi. Ammo, “Liverpul” bir soniya ham to‘xtamay, yana gol urishga erishdi. 75-daqiqada Szoboslay hisobni yiriklashtirdi va ikkinchi finalchi masalasi hal qilindi.

 

"Tottenhem"ga so'nggi golni "Liverpul" sardori Virjil van Deyk kiritdi. Gollandiyalik futbolchi o'zining klassik golini burchakdan zarbasidan keyin urdi. Mazkur golgacha ham londonliklar ruhiy tushkunlikka tushib qolgandek tuyulardi. London jamoasining hisob 3:0 bo'lib turganida Sonning darvoza to'siniga yo'llagan zarbasini eslash mumkin. O'yindan keyin u ko'z yoshlarini tiya olmadi. "Liverpul" esa 16-mart kuni "Uembli"da, Liga kubogi finalida "Nyukasl" bilan o'ynaydigan bo'ldi. Shu tariqa Arne Slot Angliyada birinchi sovrinini qo'lga kiritishi mumkin.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.