Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yetakchilar strategik hamkorlik bo'yicha muzokara olib bordi.

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

 

O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlashning barcha yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

 

Suhbat avvalida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

 

Davlat rahbarlari keyingi yillarda ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Faol siyosiy muloqotlar, samarali parlamentlararo va idoralararo almashinuvlar davom etmoqda.

 

2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni 130 taga yetdi. Karachi va Toshkentda savdo uylari ochildi. Toshkent va Lahor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi.

 

Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumlari va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi taʼkidlandi.

 

Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar ro‘yxatini kengaytirish, fitosanitariya va karantin talablarini, bojxona tartib-taomillarini o‘zaro soddalashtirish, standartlarni yaqinlashtirish, elektron savdo platformalarini integratsiya qilish, xaridlarda ishtirok etish imkoniyatini taʼminlash, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

 

Yetakchi kompaniyalarning farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, geologiya va mineral resurslar, to‘qimachilik, charm sanoati va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi.

 

Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz rahbari O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlari forumini o‘tkazishni taklif etdi.

 

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

 

Keyingi bir necha yilda "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" multimodal yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi 5 barobar ko‘paygani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yuk aylanmasi hajmini yana-da oshirish maqsadida qo‘shma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.

 

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalda ilgari surish maqsadida birgalikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim ekani taʼkidlandi.

 

Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yil iyul oyida Lahor shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Tomonlar madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini yana-da kengaytirish muhimligini qayd etdilar. Shu maʼnoda, o‘zaro Madaniyat haftaliklari va turizm dasturlari taqdimotlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati, Islom hamkorlik tashkiloti, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri terrorizm, radikalizm, islomofobiya va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishda saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidladilar.

 

Keng ko‘lamli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini taʼsis etish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

custom img

Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot”: Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTda Afg‘oniston, Orolbo‘yi, ekologiya, bolalar huquqlari, sun’iy intellekt va ayollar huquqlarigacha bo‘lgan qator dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

custom img

“Bizga qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida O‘zbekiston kelgusi yili Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

custom img

Transport va tibbiyot loyihalari: Saida Mirziyoyeva DFC rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdi

O'zbekiston rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

custom img

BMT bilan 166 ta qo‘shma loyiha: Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.

custom img

Rossiyadagi saylovlar: Shavkat Mirziyoyev Putinga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi saylovlar mamlakat jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini namoyon etganini ta’kidladi.

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"