Jahon

Pedagoglarga malaka toifasini berish tartibi o‘zgardi

O‘qituvchilar uchun attestatsiya shartlari yangilandi.

Pedagoglarga malaka toifasini berish tartibi o‘zgardi

 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, ayrim toifadagi o‘qituvchilarga bevosita malaka toifasi (yoki lavozimi) beriladi.

 

2025-yil 1-sentabrgacha navbatdagi attestatsiyadan o‘tmagan, shuningdek, attestatsiya muddati tugagan, lekin amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan pedagoglar quyidagi hollarda attestatsiyaga jalb etilmaydi va ularga mavjud lavozimi bo‘yicha haq to‘lanadi:

  • 25 yil va undan ortiq pedagogik tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
  • Pensiyaga chiqishiga 5 yildan kam vaqt qolgan pedagoglar;
  • Oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lib, uni 15 yil davomida saqlagan va uzluksiz ishlagan pedagoglar;
  • Hozirda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshidagi o‘qituvchilar.

 

Agar o‘qituvchi quyidagi mezonlardan biriga javob bersa, unga bevosita malaka toifasi beriladi:

  • 25 yil va undan ortiq pedagogik ish staji bo‘lsa – amaldagi malaka toifasi;
  • Pensiyaga chiqishiga 5 yildan kam vaqt qolgan bo‘lsa – amaldagi malaka toifasi;
  • Oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lib, uni 15 yil davomida uzluksiz saqlagan bo‘lsa – oliy malaka toifasi.

 

Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi o‘qituvchilar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar attestatsiyadan o‘tkaziladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ilg‘or va malakali pedagoglar rag‘batlantiriladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasining faoliyati takomillashtiriladi.

custom img

Somalida bolalar orasida ochlik inqirozi kuchaymoqda – UNICEF

2026-yilning dastlabki olti oyida to‘yib ovqatlanmaganlik uchun tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bolalar soni 32 foizga oshgan.

custom img

Ukraina Rossiyaga zarbalar uchun Starlink’dan foydalanmoqchi

Zelenskiy Ilon Maskdan Starlink’dan Ukraina hududidan tashqarida foydalanishga ruxsat berishni so‘ragan.

custom img

AQSh BMT oldidagi qarzini 725 million dollarga kamaytirmoqchi

Mamlakatning tashkilotga qarzi 4 milliard dollardan ortiq ekani aytilmoqda.

custom img

Suriya Makka kelishuviga qo‘shilishi mumkin

Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.

custom img

O‘zbekistonning barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini ko‘rib, quvonaman — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O'zbekistonga davlat tashrifi arafasida katta intervyu berdi.

custom img

Turkiya Netanyaxuni hibsga olish uchun xalqaro order berdi

Turkiya avval ham Netanyaxu va Isroilning boshqa yuqori martabali amaldorlariga nisbatan hibsga olish orderlarini chiqargan.

custom img

Tenge 2026-yilda Yevropa va Osiyodagi eng kuchli valyutaga aylandi

Xalqaro investorlarning Qozog‘iston davlat obligatsiyalariga qiziqishi ortishi fonida tenge 2026-yilda AQSH dollariga nisbatan 9,7 foizga mustahkamlandi.

custom img

Yer aholisi ogohlantirildi: 2027-yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Tinch okeanida so‘nggi bir asrdagi eng kuchli El-Nino hodisasi shakllanmoqdaю

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"