Jahon

Braziliyada iqlim sammiti uchun o‘rmonlar kesilmoqda

Bu esa ekologlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Braziliyada iqlim sammiti uchun o‘rmonlar kesilmoqda

Braziliya shu yilning noyabr oyida COP30 iqlim sammitiga mezbonlik qiladi. Ammo tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida rasmiylar Amazon o‘rmonlarining muhofazalangan hududlarini kesib tashlash bilan shug‘ullanmoqda. Belem shahriga yo‘l qurish uchun minglab daraxtlar yo‘q qilinmoqda, bu esa ekologlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

 

Mahalliy aholi va tabiat himoyachilari hukumatni tanqid qilmoqda. Ular yo‘l qurilishi keyinchalik yana-da ko‘proq o‘rmonlarning kesilishiga olib kelishi va bu Amazon ekotizimiga jiddiy zarar yetkazishini aytishmoqda. Yo‘l yaqinida yashovchi baʼzi odamlar o‘z daromad manbalaridan mahrum bo‘lishgani va hech qanday tovon puli olmaganliklarini bildirishmoqda.

 

Braziliya hukumati esa yangi yo‘l bo‘ylab daraxtlar ekilishi va hayvonlar uchun maxsus o‘tish joylari tashkil etilishini vaʼda bermoqda. Prezident Lula da Silva sammit Amazon o‘rmonlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlanishini taʼkidlagan. Shunga qaramay, atrof-muhit himoyachilari iqlim muhokamasi uchun o‘rmonlarni yo‘q qilish noto‘g‘ri qaror ekanligini eslatmoqda.

 

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.