Jahon

Angliyada malakasiz jarroh 91 nafar bemorga zarar yetkazdi

Uning qanday jazoga tortilishi hozircha nomaʼlum.

Angliyada malakasiz jarroh 91 nafar bemorga zarar yetkazdi

Angliyada malakali jarroh bo‘lmagan shifokor Mian Munavar Shoh 91 nafar bemorga noto‘g‘ri tibbiy muolaja qo‘llab, ularning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazgan.

 

Jabrlanganlardan biri, 51 yoshli Anjela Gloverning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda Uolsolldagi davlat shifoxonasida ishlagan Shoh uning yelkasiga noto‘g‘ri tashxis qo‘yib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Keyinchalik bemorning yelkasida jarrohlik talab etadigan jarohat yo‘qligi aniqlangan. Hozirda Glover doimiy og‘riqlardan aziyat chekadi va oddiy hayotiy faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.

 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Shoh tibbiy amaliyot uchun yetarli malakaga ega bo‘lmagan holda murakkab jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazgan. Kasalxona rahbari esa bemorlar va ularning oilalaridan kechirim so‘ragan. Ammo Shoh qanday jazoga tortilishi va jabrlanganlar moddiy kompensatsiya olgan-olmagani hozircha nomaʼlum.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.