O'zbekiston

Tramp va Putin telefon orqali muloqot qildi

Ular Ukrainadagi urushni to‘xtatish masalasini muhokama qilishdi.

Tramp va Putin telefon orqali muloqot qildi

Kecha, 18 mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Ular Ukrainadagi urushni to‘xtatish va tinchlikka erishish muhimligini muhokama qilishdi. Ikkala davlat rahbari bu mojaro tezroq hal qilinishi kerakligi borasida hamfikr ekanini taʼkidladilar.

 

Suhbat davomida Tramp va Putin AQSH hamda Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarurligini taʼkidlashdi. Urushda qurbon bo‘layotgan insonlar, sarflanayotgan resurslar ikki davlat xalqlarining farovonligiga yo‘naltirilsa maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.

 

Liderar tinchlik sari ilk qadam sifatida energetika va infratuzilma sohasida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olishdi. Shuningdek, Qora dengiz yo‘llarining xavfsizligini taʼminlash, urushni to‘liq to‘xtatish va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish bo‘yicha texnik muzokaralar o‘tkazilishi haqida kelishib olindi. Bu jarayon tez orada Yaqin Sharqdan boshlanadi.

 

Suhbat chog‘ida prezidentlar Yaqin Sharqdagi mojarolarning oldini olish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi. Ular strategik qurollarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib, bu yo‘nalishda boshqa davlatlar yordamida harakat qilishni rejalashtirishdi. Shuningdek, Eron hech qachon Isroilni yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi kerakligi borasida umumiy pozitsiyada qolishdi.

 

Har ikki rahbar ham AQSH va Rossiya o‘rtasida yaxshiroq munosabatlar o‘rnatish va ulkan imkoniyatlar yaratishni rejalashtirishdi. Bu jarayonlar nafaqat siyosiy barqarorlikni, balki yirik iqtisodiy bitimlar tuzish imkoniyatlarni ham berishi taʼkidlab o‘tildi. Ikki tomon tinchlik yo‘lida qadam tashlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"