Jahon

Bojlar sabab milliarderlar bir kunda 208 milliard dollar yo‘qotdi

COVID-19 pandemiyasi davridan beri bu qadar katta yo‘qotish qayd etilmagan.

Bojlar sabab milliarderlar bir kunda 208 milliard dollar yo‘qotdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp import tovarlariga yangi bojlar joriy qilganini e’lon qilgach, bu qaror aksiyalar bozoriga kuchli zarba berdi. Natijada, dunyoning eng boy odamlari bir kun ichida jami 208 milliard dollar boylikdan ayrildi.

 

Bu holat Bloomberg Billionaires Index tarixidagi eng katta boylik yo‘qotishlaridan biri bo‘ldi — hatto COVID-19 pandemiyasi davridan beri bu qadar katta yo‘qotish qayd etilmagan edi.

 

Eng katta zararni Mark Sukerberg ko‘rdi. Uning “Meta” kompaniyasi aksiyalari deyarli 9 foizga tushdi va bu natijada u 17,9 milliard dollar boylikdan ayrildi — bu uning shaxsiy boyligining deyarli 9 foizi tashkil etadi.

 

Shuningdek, Amazon asoschisi Jeff Bezos ham 15,9 milliard dollarga, Ilon Mask esa 11 milliard dollarga yaqin yo‘qotishlarga uchradi. Ularning boyligi asosan kompaniyalari aksiyalariga bog‘liq bo‘lgani uchun, aksiyalar tushishi bevosita moliyaviy holatlariga ta’sir ko‘rsatdi.

 

Trampning yangi boj siyosatiga ko‘ra, har bir import mahsulotiga 10 foizlik asosiy boj belgilandi. Lekin ayrim davlatlar uchun bu ko‘rsatkich ancha yuqori: Xitoydan keladigan tovarlar uchun 34 foiz, Vetnamdan — 46 foiz, Yevropa Ittifoqidan esa 20 foizgacha.

 

Yangi bojlar dunyo miqyosida investorlar ishonchiga ta’sir qilgan va bu milliardlab dollarlarning bir zumda “yo'q bo'lib ketishiga” sabab bo‘lmoqda.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.