O'zbekiston

Ikki viloyatda narkotik sotuvchilar qo‘lga olindi

Hozirda aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari ochilgan.

Ikki viloyatda narkotik sotuvchilar qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marg‘ilon shahrida yashovchi shaxs Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan 1 kg 524 gr “gashish” giyohvandlik vositasini 240 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Yozyovon tumanida qayd etilgan holatda, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshloq tumanida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, transport vositasi saloniga yashirib qo‘yilgan 799 dona “Zardeks” va 40 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1679 dona “Zardeks” va 48 dona “Tropikamid” hujjatlashtirib olindi.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaqin aloqasi, Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi shaxsning Farg‘ona shahridagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 2239 dona “Lirika” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum bo‘ldi.

 

O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida, ushbu dori vositalarini Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro Qirg‘iz Respublikasidagi nomaʼlum shaxslardan qabul qilib olganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

 

Xizmatning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Samarqand-Xorazm” yo‘nalishida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi - Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro hamda uning 1980 y.t. sherigi o‘zaro til biriktirib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 802 gr. “opiy” moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Urganch shahrida kuzatilgan holatda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi shaxs va Urganch shahrida yashovchi fuqaro o‘zaro kelishgan holda 499 gr. “opiy” va 12 gr. “geroin” giyohvandlik vositalarini 11 500 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, ulardan birining yashash xonadoni yerto‘lasi ko‘zdan kechirilganda, unda 351 gr. “opiy” moddasi borligi ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

 

Xazorasp tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgan 989 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.