Jahon

Rossiya Ukrainaga raketa hujumi uyushtirdi

Hujum oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan.

Rossiya Ukrainaga raketa hujumi uyushtirdi

 

13-aprel ertalab Rossiya tomonidan Ukrainaning Sumi shahriga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, 83 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ma’lum qildi.

 

Zarbalar oqibatida o‘nlab binolar vayron bo‘lgan, mahalliy tarmoqlarda yonayotgan mashinalar va transport vositalarining videolari tarqaldi.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu hujumni "oddiy odamlarning tinch hayotiga qilingan zarba" deya baholab, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 

"Bu hujum yakshanba kuni — odamlar dam oladigan, cherkovlarga boradigan paytda ro‘y berdi", — dedi u.

 

Zelenskiy, shuningdek, AQSh, Yevropa va boshqa davlatlarni Rossiyaning bu harakatlariga keskin va qat’iy javob qaytarishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi real bosim bo‘lmas ekan, urush tugamaydi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"