Jahon

Vetnamda o'quvchi va talabalarga kechki darslar taqiqlanmoqda

Soat 20:00dan keyin o‘quv mashg‘ulotlari man etildi.

Vetnamda o'quvchi va talabalarga kechki darslar taqiqlanmoqda

 

Vetnamning eng yirik shahri Xoshiminda kechki o‘quv mashg‘ulotlariga cheklov joriy qilindi. Endilikda maktab o‘quvchilari va talabalar soat 20:00 dan keyin o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmaydi. Bu chorani mahalliy hukumat yoshlarning haddan tashqari charchashiga qarshi kurashish va ularning salomatligi hamda farovonligini himoya qilish maqsadida joriy etmoqda.

 

Shahar ta’lim va kasb-hunar ta’limi bo‘limi boshlig‘i Xo Tan Minning ta’kidlashicha, darslarni ertaroq tugatish bolalarga oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga imkon yaratadi hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga hissa qo‘shadi.

 

Uning aytishicha, ko‘pchilik o‘quvchilar darsdan tashqari mashg‘ulotlarini soat 16:00–17:00 oralig‘ida yakunlaydi. Uyga yetib borish, ovqatlanish va dam olish uchun soat 20:00 gacha yetarlicha vaqt bo‘ladi.

 

Xoshimin shahrida 1300 ga yaqin repetitorlik markazlari mavjud bo‘lib, 3300 nafar o‘qituvchi qo‘shimcha darslar o‘tish uchun ruxsatnomaga ega. Shu bilan birga, shaharning 93 foiz maktablari ikki smenada faoliyat yuritadi.

 

Mahalliy hukumat so‘nggi 10 yil ichida xususiy repetitorlik bozorini tartibga solishga urinib kelmoqda. Ilgari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun xususiy darslar taqiqlangan va maktab rahbarlariga o‘qituvchilarga kunduzgi darslarda samarali o‘qitish majburiyatini eslatishga ko‘rsatmalar berilgan edi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"