O'zbekiston

Endi haydovchilar faqat o‘z hududida taksichilik qiladi

Bu haqida rasmiy tartib belgilandi.

Endi haydovchilar faqat o‘z hududida taksichilik qiladi

Yangi tartibga ko‘ra, yo‘nalishsiz taksi haydovchilari faqat litsenziya kartochkasida ko‘rsatilgan hududdagina faoliyat yuritishi mumkin. Bu haqida Transport vazirligi ma’lumot berdi.

 

Vazirlik axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatovga ko‘ra, bu tartib yangilik emas. U 2011-yilda qabul qilingan 139-son qarorda ham mavjud bo‘lgan. Unga asosan, taksi haydovchilari faqat o‘z hududlarida ishlashi kerakligi belgilangan edi. 2025-yilda esa ushbu tartibni yangilagan hujjat qabul qilingan va amaliyotga tatbiq etilmoqda.

 

Tartib qanday ishlaydi?


Har bir haydovchi o‘z hududida yoki unga tutash hududlarda taksichilik qilishi mumkin.

 

Masalan, Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan (01 raqamli) avtomobil:

 

Toshkent shahri

 

Toshkent viloyati

 

Sirdaryo viloyatida ishlashi mumkin.

 

Qashqadaryolik haydovchi esa faqat Qashqadaryoda yoki unga yaqin hududlarda faoliyat yurita oladi.

 

Bu tartib, rasmiylar ta’kidlashicha, tartibni saqlash, mahalliy haydovchilarning bandligini ta’minlash hamda tashuvlar xavfsizligini oshirish uchun joriy etilgan.

 

Ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Transport vazirligi esa bu qaror allaqachon kuchga kirganini va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Endi haydovchilar faqat o‘z hududida taksichilik qiladi | Zamon.uz