Jahon

Eron va Isroil o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaymoqda

Eronda halok bo‘lganlar soni 224 kishiga yetdi.

Eron va Isroil o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaymoqda

Isroil havo kuchlari Eron markaziy hududidagi raketa uchirish moslamalariga zarba berdi. Shu bilan birga, Tehrondagi neft bazasi va mudofaa vazirligi binosi ham hujum nishoniga aylandi. Isroil fuqarolarini boshpanalarda qolishga chaqirdi. Bu Eron hujumining kutilayotganidan darak beradi.

 

Eron esa javoban 100 dan ortiq raketa va dronlar bilan Tel-Aviv hamda Hayfa shaharlarini nishonga oldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hayfada raketa belgilangan obyektga urilgan. Shuningdek, “Rafael” harbiy texnika zavodi ham nishonga olingan.

 

Isroil hujumlari oqibatida Eron sog‘liqni saqlash vazirligi 224 kishining halok bo‘lganini, 1 277 kishining yaralanganini bildirdi. Aholi orasida vahima kuchaygan, Tehronda ichimlik suvi uzilib qolgan, gaz ombori portlatilgan va ko‘chalarni suv bosgan.

 

Shanba kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Eron va AQSh yadroviy muzokaralari bekor qilindi. Isroilning kutilmagan hujumi uzoq yillik adovatni yana avj oldirdi va mintaqada keng qamrovli urush xavfini kuchaytirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.