Jahon

Britaniyalik ayol ishidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

U eri uchun giyohvand moddalar sotib olmoqchi bo'lgan.

Britaniyalik ayol ishidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

Buyuk Britaniyada 16 yil davomida moliya bo'limida ishlagan Reychel Uilson erining giyohvand moddalarga bo‘lgan qaramligini moliyalashtirish uchun ish joyidan 260 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni o‘g‘irladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

 

Uilson kompaniyada bosh g‘aznachi sifatida faoliyat yuritgan va shu lavozimidan foydalanib, soxta to‘lovlar va qalbakilashtirilgan cheklar orqali pul o‘zlashtirgan. Mablag‘larni u 2020-yil aprelidan boshlab o‘zlashtira boshlagan, ammo 2024-yil avgust oyida vaqtincha uning o‘rnini bosgan hamkasbi moliyaviy hisobotlarda muammolarni aniqlaganidan so‘ng, jinoyat fosh etilgan.

 

Ichki tergov natijasida Reychel o‘z aybini tan olib, politsiyaga to‘liq ko‘rsatma bergan. Sudda u bu ishni umidsizlikdan qilganini, erining giyohvandlik muammosi uni shu yo‘lga boshlaganini tushuntirgan. Uning advokati ayol ilgari sudlanmagan, hashamatli hayot kechirmagan va ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar bilan kurashganini ta’kidlagan.

 

Lekin Liverpul Qirollik sudi sudyasi Mark Eynsvort ish hajmini va ishonchni suiiste’mol qilganini inobatga olib, ayolni ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud Uilsonning harakati nafaqat kompaniyaga, balki oilasiga, ayniqsa bolalariga katta zarar yetkazganini aytib o‘tdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.