Rossiya Suriya bilan munosabatlarni tiklamoqchi
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi ma’lum qildi.

Rossiya 2024-yilda Suriyada yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar ortidan mamlakatning yangi amaldagi hokimiyati bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Peskovning aytishicha, prezident Bashar al-Asadning hokimiyatdan ketishi va undan keyingi davlat to‘ntarishi Suriyaning ichki siyosiy jarayonlari hamda tashqi ta’sirlar natijasi bo‘lgan.
"Suriyada yuz bergan voqealar ko‘p jihatdan tashqi ta’sir bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ichki omillar ham muhim rol o‘ynadi", — dedi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z manfaatlarini himoya qilish va saqlab qolish uchun Suriyaning hozirgi amaldagi hokimiyati bilan diplomatik aloqalarni tiklashi lozim.







