Jahon

Sport tarixidagi eng qimmat bitim imzolandi

“Los-Anjeles Leykers” klubi 10 milliard dollarga sotildi.

Sport tarixidagi eng qimmat bitim imzolandi

 

AQShning mashhur basketbol klubi “Los-Anjeles Leykers” aksiyalarining nazorat paketi 10 milliard dollarga sotildi — bu jahon sport tarixidagi eng katta moliyaviy kelishuv sifatida qayd etilmoqda.

 

TWG Global kompaniyasining rahbari, milliarder Mark Uolter klubning yangi egasiga aylandi. U ilgari ham “Leykers”da ulushga ega bo‘lgan va endilikda franchayzing ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritdi. Uolter shuningdek, “Los-Anjeles Dodjers”, “Chelsi” va boshqa yirik sport jamoalarining ham egasi hisoblanadi.

 

Bitimning shartlariga ko‘ra, 1979-yildan beri jamoani boshqarib kelgan Basslar oilasi 15 foiz ulushini saqlab qoladi. Jini Bass esa klub prezidenti va NBAdagi vakil sifatida faoliyatini davom ettiradi.

 

Mazkur kelishuv NBAdagi va umuman global sport sohasidagi moliyaviy faollikning ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bungacha 2024-yil boshida “Boston Celtics” 6,1 milliard dollarga sotilishi e’lon qilingandi, ammo bu bitim hali yakuniy tasdiqdan o‘tmadi.

 

Uolterning bayonotiga ko‘ra, u klubning tarixiy merosini saqlab qolish, sportdagi muvaffaqiyatlarini davom ettirish va yangi cho‘qqilarni zabt etish niyatida.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.