Rossiya NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Rossiya Xitoy yordamida qurollanishni kuchaytirmoqda.

Rossiya harbiy salohiyatini keskin oshirmoqda va NATOga qarshi harbiy kuch ishlatishga bor-yo‘g‘i besh yil ichida tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Rutte Londondagi Chatham House institutida nutq so‘zlar ekan ta’kidladi.
Rutte so'zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy qudratini Xitoy texnologiyalari yordamida tiklamoqda va qurol-yarog‘ ishlab chiqarish sur’ati NATO kutganidan ancha tezroq. Masalan, Rossiya bor-yo‘g‘i uch oyda butun NATO yil davomida ishlab chiqaradigancha snaryad tayyorlamoqda.
Uning aytishicha, 2025-yil oxirigacha Rossiya: 1500 dona tank, 3000 ta zirhli transport vositasi, 200 ta "Iskander" raketasini ishlab chiqaradi.
“NATO davlatlari hozir deyarli barchasi ittifoqqa a’zo mamlakatlarning sharqiy chegaralarida joylashgan. Rossiyaning yangi avlod raketalari ovoz tezligidan bir necha baravar tez uchadi. Yevropa poytaxtlari orasidagi masofa atigi bir necha daqiqalik masofa bo‘lib qolgan. Endilikda sharq va g‘arb degan tushuncha yo‘q — faqat NATO mavjud”, — dedi Rutte.
Shuningdek, u NATO mamlakatlari Rossiyadan kelayotgan tahdidlar sababli havo hujumidan mudofaa va tanklarga qarshi mudofaa tizimlarini 400 foizga oshirishni rejalashtirayotganini bildirdi.







