Jahon

Tunis sobiq prezidenti sirtdan 22 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

U prezident Kays Saidni tanqid qilganlikda ayblangan.

Tunis sobiq prezidenti sirtdan 22 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Tunis sudi sobiq prezident Monsef Marzukiyni sirtdan 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U prezident Kays Saidning ashaddiy tanqidchisi sifatida davlat xavfsizligiga tahdid solganlikda ayblandi. Bu holat muxolifat orasida tanqidchilarga nisbatan bosim kuchayganidan xavotirlarni yana-da kuchaytirdi.

 

2011–2014 yillarda prezident bo‘lgan Marzuki Saidni parlamentni tarqatgani va barcha hokimiyatni o‘z qo‘liga olgani sababli avtoritar tuzum o‘rnatganlikda ayblab keladi. Said esa bularni mamlakat barqarorligi uchun zarur choralar deb hisoblaydi.

 

Bu Marzuki uchun chiqarilgan uchinchi hukm bo‘lib, o‘tgan yili ham u sakkiz yil va boshqa ishlar bo‘yicha to‘rt yil qamoq jazosiga mahkum etilgan edi.

 

Shu kuni ertalab mamlakatning yetakchi muxolifat partiyasi – Ennahdaning yuqori martabali vakili Sahbi Atig ham pora olishda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Aprel oyida esa yana bir guruh muxolifat yetakchilari, tadbirkorlar va advokatlar 66 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Bugungi kunda Tunisdagi ko‘plab siyosiy liderlar, jumladan, Ozod Konstitutsiyaviy partiyasi rahbari Abir Mussiy va Ennahda yetakchisi Roshid Gannuchi ham qamoqda qolmoqda.

 

Ma’lumot uchun, Tunis Afrikaning shimolida joylashgan davlat bo‘lib, poytaxti — Tunis shahri. Rasman arab tili davlat tili hisoblanadi. Boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi. Pul birligi — Tunis dinori.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.